“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, Sog‘liqni saqlash vazirligi har yili bir marotaba retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini tasdiqlaydi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Shunga ko‘ra, vazirlik tomonidan tasdiqlangan retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Yangi tahrirda monopreparatlar ro‘yxatidan (ya’ni tarkibida bir dona ta’sir etuvchi moddasi mavjud bo‘lgan dori vositalari) 6 ta nomdagi dori vositalari chiqarib tashlanib, 4 ta yangi dori vositalari nomlari qo‘shilgan.
Majmuaviy preparatlar ro‘yxatidan (tarkibida ikki va undan ortiq ta’sir etuvchi moddasi bo‘lgan dori vositalari) esa 67 ta nomdagi dori vositalari chiqarib tashlangan va 91 ta yangi dori vositalari nomlari qo‘shilgan.
Endilikda retseptsiz beriladigan monopreparatlar soni 189 tani tashkil etmoqda. Retseptsiz beriladigan majmuaviy preparatlar soni esa1087 tani tashkil etadi.
Izoh (0)