O‘zbekiston 2018-yil boshidan buyon Rossiyaga kelgan mehnat muhojirlari soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Bu haqida “Rossiya muhojirlar federatsiyasi” ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar berdi.
2018-yilning yanvar oyidan sentabriga qadar O‘zbekistondan Rossiyaga 3 400 000 dan ortiq kishi kelgan. Shundan ishlash maqsadida kelganlari — 1 573 791 kishi.
Ikkinchi o‘rinda Tojikiston qayd etildi. To‘qqiz oy davomida mamlakatdan 1 745 000 dan ortiq fuqaro Rossiyaga chiqib ketgan. Shundan 790 116 kishi Rossiyaga ishlash uchun borgan.
Uchinchi o‘rinni Ukraina (ishga joylashish uchun Rossiyaga 347 272 kishi kelgan), to‘rtinchi o‘rinni Qirg‘iziston (247 658 kishi) egalladi.
Xabarga ko‘ra, xorijlik fuqarolar ishlash uchun asosan Moskvaga keladi. Yil boshidan buyon Moskvada 1 249 664 nafar migrant ro‘yxatga olingan.
Shuningdek, Krasnodar o‘lkasi, Samara, Novosibirsk, Xanti-Mansi avtonom okrugi, Krasnoyar o‘lkasi, Tatariston va Irkutsk viloyati mehnat migrantlar ko‘p boradigan joylardir.
Izoh (0)