Ukraina dori ishlab chiqaruvchilari O‘zbekistonga kiritish uchun dori vositalarini bojxonadan o‘tkaza olmayapti. Bu haqda Ukraina tibbiyot va mikrobiologiya sanoati ish beruvchilar tashkilotlari birlashmasi ma’lum qildi, deb yozadi “Nuz.uz”.
So‘nggi haftalar davomida farmatsevtika mahsulotlari bojxonada turib, ammo O‘zbekiston bojxona xizmati ular nima uchun rasmiylashtirilmayotganini izohlamayapti.
Bunday muammoga “Yuriya-Farm” MChJ, “Farmak” OAJ, “Lekxim” AJ, “Farmxim” MChJ kabi farmatsevtika kompaniyalari duch keldi.
Ta’kidlanishicha, bojxona rasmiylashtiruvi jarayonining to‘xtatilishi O‘zbekiston hukumatining Ukraina tomonidan O‘zbekistondan Ukrainaga yengil avtomobillar importiga nisbatan aksilsubsidiya tekshiruvi o‘tkazilishiga javobidir.
Shu munosabat bilan Birlashma Ukraina bosh vaziri birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Stepan Kubivga murojaat qilib, vaziyatga aralashishni va ushbu masalani yechish yo‘llarini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi majlis o‘tkazishni so‘radi.
Izoh (0)