Toshkent shahar hokimligida Turkiyaning ICC GROUP kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Kompaniya suv sanoati ishlari, xususan to‘g‘on qurilishi va kanallar qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha boy tajribaga ega.
Uchrashuvda mehmonlar poytaxtdagi Bo‘zsuv, Qorasuv, Salar, Bo‘rijar kabi magistral kanallar qirg‘oqlarini mustahkamlash yuzasidan o‘zaro manfaatli tashabbuslarni ilgari surdi.
Muzokaralar davomida turkiyalik mutaxassislar Toshkentdan oqib o‘tuvchi kanallarning geostrategik ahamiyatiga to‘xtalib, bu turizmni rivojlantirishda keng imkoniyatlar berishini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, mazkur kompaniyaga 2010-yil Anqara shahrida asos solingan bo‘lib, Turkiyaning yetakchi pudratchilaridan hisoblanadi.
Izoh (0)