O‘zbekiston 2018-yilning yanvaridan sentabrigacha 350 ming rossiyalik turistni qabul qilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 marta ko‘p demakdir. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov mamlakat sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlab Novosibirskda o‘tkazilgan taqdimotda ma’lum qildi, deb yozadi Sputnik.
“To‘qqiz oy ichida mamlakatga tashrifchilar soni umuman olganda 3,9 milliongacha ko‘paydi. Rossiyadan turistlar soni to‘qqiz oyda 350 ming kishiga yetdi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 270 ming kishiga teng edi”, — dedi elchi.
Botirjon Asadovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha faol ish olib bormoqda: shu yilning yanvar-sentabridagina mamlakatda 190 dan ortiq yangi turoperatorlar ishlay boshladi, 2017-yilda esa ularning soni 128 ta edi.
Izoh (0)