• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qarshi xalqaro aeroporti yopiladimi?

    “Qashqadaryo” gazetasining 10-noyabr kuni chop etilgan sonida “Qarshi xalqaro aeroporti yopiladimi?” sarlavhali maqola chop etildi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bir muddat avval kishilar tilida Qarshi xalqaro aeroporti konservatsiya sababli 2 yilga yopilarmish, degan gaplar o‘rmalab qoldi. Birov buni, demak, aeroport yanada zamonaviylasharkan, deb tushungan bo‘lsa, boshqa birov negadir afsus ohangida bosh chayqab qo‘ydi.

    Eng qizig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aynan Qarshi xalqaro aeroportini “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi tarkibidan chiqarib, xalqaro aeroportlarni boshqarish bo‘yicha maxsus kompaniya boshqaruviga berish, aeroport hududida “ochiq osmon” rejimini, shu jumladan, loukoster aviakompaniyalarini jalb qilgan holda joriy qilish aytilgan, o‘z navbatida mazkur konsepsiya xorij tajribasini o‘rganish asosida 1-iyulga qadar ishlab chiqilishi belgilangandi.

    Mana, oradan oz emas, ko‘p emas, naq 10 oyga yaqin vaqt o‘tdi. Shuncha vaqt ichida aytilgan konsepsiya ishlab chiqilib, 1-iyuldan beri o‘tgan 5 oy ichida aeroportda ham ilk o‘zgarishlar ko‘zga tashlanishi kerak edi.

    Biroq buning o‘rniga “aeroport yopilarmish” degan har xil gap-so‘zlar paydo bo‘lgani tabiiyki kishini ajablantiradi. Xo‘sh, qarorda belgilangan talablar qachon bajariladi? Konsepsiyada nimalar aks etgan? Qarshidagi aeroportga qanday loukoster aviakompaniyalar jalb qilindi?

    Shu joyda ayrim narsalarga aniqlik kiritib o‘tsak. “Ochiq osmon” rejimi nima o‘zi? Bu shunday rejimki, unga amal qiladigan aeroportga xorijiy aviatashuvchilar hech bir cheklovlarsiz parvozlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi. Ya’ni bunday rejimdagi aeroport istalgan aviakompaniya samolyotlarini qabul qilishi mumkin. Masalan, Rossiyada Sochi, Vladivostok va Kaliningrad aeroportlari ana shunday rejimda ish olib borib, hisob-kitoblarga ko‘ra, bunday tartibning O‘zbekistonda ham yo‘lga qo‘yilishi yo‘lovchilar oqimini kamida 25—30 foizga oshirishi mumkin ekan. Ahamiyatli tomoni shundaki, mamlakatda “ochiq osmon” rejimini joriy etish bo‘yicha ilk loyiha Qarshida amalga oshishi kerak edi.

    Endi “loukoster” nimaligini bilib olsak. U so‘zma-so‘z “past, arzon narx” ma’nosini berib, bunda yo‘lovchilarga narxi arzon, servisi ham shunga yarasha samolyotlar taklif qilinadi. Albatta, ko‘pchilikka bunday samolyotlar har jihatdan ma’qul kelishi tayin. Deylik, ovqat yoki choysiz bo‘lsayam, kamxarj holda manziliga yetib olishni istaydigan kishilar istagancha topiladi. Demakki, qarordan ko‘zlangan maqsad ham aholi manfaatlariga qaratilgan.

    Biroq bu bo‘yicha shu paytgacha biror ish qilinganicha yo‘q: Qarshi xalqaro aeroporti na “ochiq osmon” rejimiga o‘tdi, na biror arzon narxlardagi yo‘nalish yo‘lga qo‘yildi. “Qarshi xalqaro aeroporti” DUK direktori O‘ktam Qurbonnazarovning aytishicha, bu bo‘yicha hozircha hech qanday amaliy ishga qo‘l urilmagan. Chunki aeroport hali bunday imkoniyatlarni yo‘lga qo‘yishga tayyor emas. Ishlar avvalgi holida davom etmoqda. Milliy aviakompaniya bu boradagi imkoniyatlarni o‘rganib, keyin konservatsiya qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritgan, ammo u ham hali tasdiqlanganicha yo‘q.

    Demak, aeroportning yangi rejimga o‘tishi-yu konservatsiya qilinishi bo‘yicha aniq to‘xtamga kelinmagan. G‘alati jihati, Prezident qarorida konservatsiya bo‘yicha biror gap aytilmagandi. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: Qarshi xalqaro aeroporti konservatsiyaga nechog‘lik muhtoj?

    Bilamizki, ma’lum muddat zarar ko‘rib ishlagan korxona konservatsiya qilinadi – rivojlantirish choralari ko‘riladi. Uni bajarish muddati – 24 oy, ya’ni 2 yil. Aslida esa yuqorida nomi keltirilgan hujjatning o‘zi konservatsiyani nazarda tutardi, ya’ni yangi tartib natijasida samaradorlik kamida 25—30 foiz oshishi aniq edi. Mayli, hozircha buni yo‘lga qo‘yish imkoni yo‘q ekan, biroq konservatsiya uchun belgilangan 2 yil davomida Qarshi xalqaro aeroportining 250 xodimdan iborat kattagina jamoasi qanday faoliyat bilan shug‘ullanadi? Oylikni qayerdan oladi?

    “Agar konservatsiya bo‘ladigan bo‘lsayam, asosiy xodimlar ish bilan ta’minlanadi. Boshqa shaharlardagi, masalan, Samarqand, Buxorodagi aeroportlardan ish topib beriladi. Lekin bu bo‘yicha hali hech qanday gap yo‘q, oldindan hech narsa deb bo‘lmaydi”, — deydi O‘ktam Qurbonnazarov.

    Bu boradagi o‘rganishlarimiz shunday tusmolga o‘rin berayaptiki, “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda belgilangan talablarni bajarish uchun investor topilmagan, natijada “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi aeroportni rivojlantirish takliflari o‘rniga oson yo‘ldan borishni ma’qul ko‘rgan, ya’ni 2018-yilning 5-iyulida tasdiqlangan amaliy tadbirlar rejasi – “yo‘l xaritasi”ning 2-bandiga muvofiq, “Kam talabligi munosabati bilan “Qarshi xalqaro aeroporti” davlat unitar korxonasini konservatsiya qilish” taklifi ilgari surilgan.

    Endi bir o‘ylab ko‘ring: katta bir xalqaro aeroport 2 yilga yopilsa-yu, yuzlab xodimlar ishsiz qoladigan bo‘lsa, kim ham bunga indamay qarab turardi? Shundan kelib chiqib, aeroport ishchi-xizmatchilari qator mutasaddi tashkilotlarga ariza yo‘llab, Qarshi xalqaro aeroporti har qanday reysni qabul qilish imkoniga ega ekani, malakali mutaxassislar mavjudligi, aerovokzal oxirgi standart talablari bo‘yicha ta’mirlanganiyu yo‘lovchilarga barcha shart-sharoit yetarliligini ko‘rsatib, amaliy taklif sifatida aviareyslar sonini ko‘paytirish zarurligi, shunda aeroport foyda ko‘rib ishlashi mumkinligini aytishgan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, 2011—2015-yillarda aviareyslar soni yetarli darajada bo‘lgani sababli aeroportning oylik daromadi milliardlab so‘mgacha ko‘tarilgan. Ammo yo‘lovchilar talabiga yarasha aviareyslar soni ko‘paytirilmagani ishlar orqaga ketishiga sabab bo‘lgan. Shuning uchun ayrimlar MDH va chet davlatlarga borish uchun Toshkent, Samarqand va Buxoro aeroportlaridan uchishga majbur bo‘lgan. Qolaversa, “Moskoviya”, “VIM avia”, “Pulkovo” aviakompaniyalarining bankrotga uchrashi ham aviareyslar soni kamayishiga olib kelgan.

    Ariza vajlari qanoatlantirilganmi, yo bu avvaldan rejaga kiritilganmi, har holda avgust oyidan Qarshi xalqaro aeroportida reyslar soni 1 tadan 4 taga ko‘paytirilgan va haftaning payshanba va shanba kunlari Rossiyaning Domodedovo, seshanba va yakshanba kunlari Sheremetyevo aeroportlariga muntazam qatnov yo‘lga qo‘yilgan.

    Raqamlar ham birdaniga “sakragan”: Qarshi xalqaro aeroporti shu yilning yanvar oyida 875 million, fevralida 539 million so‘m zarar ko‘rib ishlagan bo‘lsa, sentabr oyida ko‘rilgan sof foyda 1 milliard 26 million, oktabrda esa 2 milliard 753 million so‘mga teng bo‘lgan.

    “Birinchi yarim yillikda aeroport iqtisodiy faoliyati 3 milliard 885 million so‘m zarar bilan yakunlangandi. Albatta, reyslar sonining ko‘paygani, asosan chet el aviakompaniyalarining samolyotlari uchayotgani daromad oshishida asosiy omil bo‘layapti”, — deydi Qarshi xalqaro aeroporti bosh iqtisodchisi Mashhura Qobilova.

    Bundan ko‘rinadiki, foyda ko‘rib ishlayotgan korxonaga endi konservatsiyaning hech qanday keragi yo‘q. Shu joyda ko‘ngilda bir ishtiboh-shubha ham paydo bo‘ladiki, balki Qarshi xalqaro aeroportini konservatsiyaga olishda, uning 2 yil davomida ishlamay turishi va “yaxlatilgan” holda narxi ancha tushgan aeroportga investor ham topilishi maqsad qilingandir, bu borada faqat taxmin qila olamiz, xolos. Vaholanki birgina reyslar sonining ko‘paytirilishi aeroportni foyda ko‘rib ishlaydigan korxonaga aylantirishi mumkin ekan. Yana bir gapki, loukoster aviakompaniyalarining oraga kirishidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK hech ham manfaatdor emas: chunki u bir bilet narxini bir yarim million so‘m deb turgan payti loukoster tashuvchi bir million so‘m taklif qilib tursa, Milliy aviakompaniya bu raqobatga dosh berolmay qolishi mumkin.

    So‘zimizning boshidagi savolga qaytadigan bo‘lsak, Qarshi xalqaro aeroporti yopilmaydi. Hozircha ... yopilmaydi.

    Prezident qarori ijrosi esa, ko‘rib turganingizdek, hali-beri bajariladiganga o‘xshamayapti. Holbuki unda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar samarasida yurtimizning turizm imkoniyatlari yanada oshishi, aholi uchun qulaylik yaralishi tayin edi. Afsuski, qarorning Qarshi xalqaro aeroportiga tegishli qismi go‘yoki o‘z kuchini yo‘qotgan kabi turibdi. Yanayam kim biladi: balki konservatsiyaga tushib qolsa va bir necha yil ishlamay yotsa, “ochiq osmon” rejimiyu loukoster aviakompaniyalarni jalb etadigan “himmatli” investor topilib qoladimi?... Hozircha esa “aeroport konservatsiya uchun yopiladi” degan xabarga “demak, u yanada zamonaviylashadi”, deganlarning emas, afsus bilan bosh chayqab qo‘yib munosabat bildirganlarning ishi to‘g‘riga o‘xshayapti...

    12.11.2018, 13:31   Izoh (0)   35852
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada ikki Nexia to‘qnashishi oqibatida 2 kishi jarohat oldi

    12.11.2018, 13:05

    Namangan shahriga Eyfel minorasi o‘rnatildi

    12.11.2018, 12:55

    G‘allaorolda is gazidan zaharlangan fuqaro shifoxonaga yotqizildi

    12.11.2018, 12:40

    Taniqli telejurnalist Bobur Komilov vafot etdi

    12.11.2018, 12:20

    O‘zbekiston Rog‘un GESining birinchi agregati ishga tushirilishini kuzatadi

    12.11.2018, 12:15

    Turkiya kompaniyasi Toshkent kanallari qirg‘oqlarini mustahkamlash yuzasidan takliflar berdi

    12.11.2018, 12:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin 2-3 yil ichida NATO davlatlariga hujum qilishi prognoz qilindi

    Dunyo | 13 may, 08:34

    A Seriya. “Atalanta” “Roma”dan ustun keldi. Eldor Shomurodov 85 daqiqa harakat qildi (video)

    Sport | 13 may, 07:29

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.