Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatida AQSh boshchiligidagi koalitsiya tomonidan berilgan aviazarba oqibatida kamida 26 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, koalitsiya Xajin shahridagi Xavama tumani bo‘ylab aviazarba bergan.
Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar bor ekanligi aytilmoqda.
Agentlik xabarida shahar infratuzilmasiga yetkazilgan zarar ko‘lami va jabrlanganlarning aniq soni haqida ma’lumotlar keltirilmagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada ham AQSh koalitsiyasi Dayr-az-Zor viloyatiga bergan zarba oqibatida 14 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)