Toshkent shahrida 22-noyabrdan sovuq suv uchun yangi tariflar joriy etiladi. Bu haqda UZ24 xabar berdi.
Aholi uchun bir kub metr sovuq suv narxi 245 so‘mdan 280 so‘mga, kanalizatsiya xizmatlari narxi esa 210 so‘mdan 235 so‘mga oshiriladi.
Bunda tariflarga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmagan.
Ma’lumot uchun, Toshkent hokimining 12-yanvardagi qarori bilan Toshkent iste’molchilari uchun ichimlik suviga har bir kub metri uchun 100 so‘m miqdorida maxsus ustama belgilangan.
Izoh (0)