Ozarbayjon davlat xavfsizligi xizmati operativ harakatlar davomida Gyanja shahrida ikki ekstremistni yo‘q qildi. Bu haqda 4-noyabr kuni “Interfaks” xabar bermoqda.
“Radikal ekstremistik guruh a’zolari Famil Alekperov va Rustam Rzayev tomonidan mamlakatda terrorchilik aktlarini amalga oshirish uchun qurol va portlovchi moddalar sotib olinganligi haqidagi xabardan so‘ng davlat xavfsizlik xizmati shoshilinch choralar ko‘rdi”, — deb yozadi boshqarma.
Kuch xodimlari ekstremistlar harakatlanayotgan avtomobilni to‘xtatishga uringanda qurolli qarshilikka duch kelgan — ular xavfsizlik xodimlariga o‘q uza boshlagan. Bunga javoban o‘t ochish oqibatida Alekperov va Rzayev o‘ldirilgan.
Mashinada Kalashnikov avtomati, F-1 granatasi, uchta 200 grammlik trotil shashkasi va ular uchun uchta elektr detonator topilgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)