Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida pichoq bilan tan jarohati yetkazishga doir jinoyat yuz berdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Xabar berishlaricha, 30-oktabr kuni Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi G‘.N. mast holda mahalla hududida joylashgan savdo do‘koni oldida o‘zaro janjal tufayli o‘zi kabi mast holda bo‘lgan mahalladoshi S.T.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
“Natijada S.T. kasalxonaga yotqizilgan. G‘.N. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)