Samarqand viloyatining Urgut tumani, Beshyog‘och qishlog‘ida 30-oktabr kuni tungi soat 22:30 atrofida qotillik sodir bo‘lgan. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qishloqdagi 15-umumta’lim maktabi direktori, 1986-yilda tug‘ilgan Anvar Yunusovga shu qishloqda yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan M.M va 1998-yilda tug‘ilgan Sh.M tomonidan boshiga og‘ir jarohat yetkazilgan.
Hodisa oqibatida Anvar Yunusov voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
Ayni paytda “Daryo” muxbiri mazkur holatni voqea joyida o‘rganmoqda.
Izoh (0)