Parij shahridagi Yelisey maydonida bo‘lib o‘tadigan Artcurial xalqaro auksion uyining savdosida Eyfel minorasining 1983-yilda demontaj qilingan bir qismi savdoga qo‘yiladi. Minoraning savdoga qo‘yiladigan qismining balandligi to‘rt metrdan ziyod va 25 ta pillapoyaga ega. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Eksponat 1889-yilda qurilgan asl vintli zinaning bir qismi sanaladi. U bir vaqtlar minoraning ikkinchi va uchinchi qavatlarini birlashtirib turgan. Auksion 27-noyabrga belgilangan. Zina 60 ming yevroga baholanmoqda.
Zina 1983-yilda Eyfel minorasining so‘nggi ikkita qavati o‘rtasida lift o‘rnatilgan vaqtda demontaj qilingan. Natijada demontaj qilingan qism balandligi ikki metrdan to‘qqiz metrgacha bo‘lgan 24 ta seksiyaga bo‘lingan.
Zinaning turli qismlari bugungi kunda nufuzli muassasalar mulkida, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab xususiy kolleksiyalarda joylashgan.
Izoh (0)