• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Fotoreportaj: Toshkentdagi “eng tekis” yo‘l

    “Xalq so‘zi onlayn” muxbirlari Toshkentning “Do‘stlik” metro bekatidan “Aviasozlar” bozoriga olib boruvchi abgor yo‘ldan fotoreportaj tayyorladi. “Daryo” uni to‘liq qayta e’lon qiladi.

    Foto: Hakim Yo‘ldoshev / “Xalq so‘zi”

    Foto: Hakim Yo‘ldoshev / “Xalq so‘zi”

    Bunday joylar ko‘p deya javob beradiganlar bisyor. Ulardan biri esa quyidagi joyni borib ko‘rishni “tavsiya” qildi. Toshkent shahridagi “Do‘stlik”(sobiq “Chkalov”) metro bekatidan “Aviasozlar dehqon bozori” (xalq tilida “Kadishev”) bozori tomon mashinada bordik, ko‘rdik, ishonch hosil qildik.

    Avtomobilda “Mashinasozlar” metro bekati yonidan o‘tib borar ekanmiz, yo‘lning kengligi va ravonligidan bahri-dilimiz ochildi. Haqiqiy shosse. So‘ngra “Do‘stlik” metro bekatiga yetib keldik. Hammasi shundan so‘ng boshlandi. Yo‘l tobora torayib borardi. Qarama-qarshi yo‘nalishning har biriga bir polosadan yo‘l berilgan. O‘ng chekkadagi olib tashlangan tramvay liniyasi hisobiga kengaytirilishi kerak bo‘lgan joy hali epaqaga keltirilmagan. Bu esa avtomobil qatnoviga qo‘shimcha noqulaylik tug‘diryapti. Shu tor yo‘ldan avtomobillar tushlik arafasida shunchalik “siqilib o‘tyaptiki”, endi ertalabki va kechki tig‘iz(pik) paytlardagi ahvolni tasavvur qilavering. Bunday paytda “siqilish”dan badtar bo‘lishi aniq. Bu hali holva.

    Foto: Hakim Yo‘ldoshev / “Xalq so‘zi”

    Foto: Hakim Yo‘ldoshev / “Xalq so‘zi”

    “Do‘stlik” metro bekatidan o‘tib, mahalliy aholi “Maxmur ko‘cha” deydigan ushbu hududdan o‘tib boramiz. “T” shaklidagi chorrahaga (o‘ngga burilsa, “Kadishev” bozori, chapga burilsa Muxtor Ashrafiy ko‘chasi bo‘ylab “Risoviy” bozoriga borsa bo‘ladi) yetib bormasimizdan, yo‘lning haqiqiy ahvoli namoyon bo‘ldi. Asfaltligi qolmagan asfalt yo‘lning “yuzi”dagi “yara-chaqalar”, chuqur-chuqur “chandiqlar”ni ko‘rib, unga rahmimiz keldi. Bechoraning ustidan texnika emas, dinozavrlar bosib ketgan deysiz. Jala emas, tosh yoqqan deysiz. Lekin dinozavrlar qirilib ketganiga millionlab yillar bo‘ldi, tosh esa hech qachon yog‘magan.

    Bunday joydan o‘tgan mashina tugul, uning salonida o‘tirganlarning ham ichi to‘kilib ketadi. Endi har kuni aynan shu yo‘l orqali ishga, o‘qishga qatnaydigan haydovchiyu yo‘lovchilarning asab tolalariyu organizmlarini, avtoulovlarning mexanizmlarini bir xayolingizga keltiring. Ularning holiga maymunlar emas, haligi dinozavrlar ham yig‘lab yuborsa ajab emas. Har sakraganda, buyraklariga qo‘shilib uning ichidagi toshlari(agar bo‘lsa) ham uzilib tushsa kerak.

    Foto: Hakim Yo‘ldoshev / “Xalq so‘zi”

    Foto: Hakim Yo‘ldoshev / “Xalq so‘zi”

    Xo‘sh, bunday achinarli holat yuzaga kelganiga qancha bo‘ldi? Nega shahar, tuman hokimligi, mas’ul tashkilot va idoralarning mutasaddilari jim? Buning oqibatlariga kimlar javob beradi?

    — Shu mahallada yashayman, - deydi o‘zini Fayzulla Bekmurodov deb tanishtirgan hamyurtimiz. — Bu yerda besh-olti yildan beri shunday ayanchli holat. Yomg‘ir-qor yog‘ib shu ahvolga tushib qoldi. Ertalablari, kechki paytlari juda tirband bo‘ladi. Yo‘l azbaroyi ilma-teshik bo‘lib ketganidan, hatto mashinalarning “nomerlari” ham tushib qolgan, haydovchilar esa qaytib kelib ularni qidirib yurgan paytlar ham ko‘p uchrab turadi. Kechalari simyog‘ochlardagi yo‘lni yoritish moslamalari ishlamay qolsa, ana ko‘rasiz tomoshani. Chorrahaga yetmasdan, avtobus bekati bor. Uni bekat deb ham bo‘lmaydi. Na bir butkasi bor, na bekat degan nomi. Yana u aynan ana shu uydim-chuydim oldida joylashgan. Avtobuslar, marshrutkalar to‘xtashi uchun juda noqulay. Hech bir mutasaddi kelib, shu muammolar bilan tanishib, hal qilamiz degan gapni eshitmadik.

    Foto: Hakim Yo‘ldoshev / “Xalq so‘zi”

    Foto: Hakim Yo‘ldoshev / “Xalq so‘zi”

    — “Maxmur” ko‘chasida turamiz, — deydi uzoq yillik ish stajiga ega bo‘lgan haydovchi Abdukarim Bobojonov. — Mana ikki yildan ko‘p vaqt o‘tdi hamki, yo‘limiz chatoq. Ta’mirlaymiz deyishadiyu lekin hech ta’mirlashmaydi. Hali unisi keladi qilamiz deb, hali bunisi keladi, ishdan esa darak yo‘q. Boshqa joylarni ko‘rib to‘g‘risi havasimiz keladi. Bizdagi ahvolga esa guvoh bo‘lib turibsiz. Mashinada ham piyodalarga o‘xshab sakrab-sakrab yuramiz, hamma joy chuqurlik. Yog‘ingarchilik paytida loyqa, balchiq atrofga sachrasa, yozda hammayoqni chang-to‘zon qoplaydi. Avtobuslar, marshrutkalar, yuk mashinalariga ayniqsa qiyin. Shu joylardan inqillab-sinqillab, qiynalib o‘tadi. Bir qarasangiz, haydovchilar bir-birini so‘kkan, bir qarasangiz signal-bazm, g‘ildiraklar yorilgan. Quloqlarimiz ham, ko‘zlarimiz ham o‘rganib ketgan bularga. Xullas, “Do‘stlik”dan to shu yergacha shu ahvol. Qachon bunday noxushliklardan qutular ekanmiz, bilmayman.

    Foto: Hakim Yo‘ldoshev / “Xalq so‘zi”

    Foto: Hakim Yo‘ldoshev / “Xalq so‘zi”

    — Bugun yangi ko‘prik va yangi metro qurilayotgani uchun ko‘pchilik shu yo‘ldan o‘tishga majbur bo‘lmoqda, — deydi keksa yo‘lovchi Iskandar Haydarov. — Ustiga ustak, chapga burilganda, shlagbaum bor. Poyezd kelib qolishi bor, boshqa bor. O‘g‘lim nevaramni bog‘chaga olib boradi. Shu yo‘ldan o‘tadi. Shu paytda yurak hovuchlab o‘tiraman. Ehtiyot bo‘lib o‘tsin-da, boshqa mashina bilan turtinib ketmasin-da, hech kim bilan urishib ketmasin-da deb xavotir olaman. Ertalablari yo‘ldagi chuqurliklar yetmaganidek, haydovchilar ham bir-biriga yo‘l beray demaydi. Piyodalar o‘tish joyida piyodalarni umuman o‘tkazishmaydi. Hamma qayoqqadir shoshgan. Bunday yo‘lda shoshib bo‘ladimi? Shuning uchun katta nevaramni maktabga o‘zim olib boraman. Yoshi kattalar yo‘ldan zo‘rg‘a o‘tayotganda, yosh bolalar qanday o‘tsin?! Maktabdan chiqadigan paytda borib olib kelaman. Lekin hamma o‘quvchilarni ham maktabga olib borib, olib kelishmaydi. Ko‘pchiligi o‘zlari borib keladi. Yo‘ldagi mana shu nuqsonlar hal bo‘lsa, tekislansa, ana u yirtiqlarga yamoqlar qo‘yilsa, kerakli yo‘l belgilari qo‘yilsa, haydovchilar ham, piyodalar ham yo‘l qoidalariga rioya qiladi. Ota-onalar ham farzandlarining maktabga borib kelishidan ko‘ngli xotirjam bo‘ladi. Shahrimizdagi boshqa ravon yo‘llar singari bu yo‘l ham tez orada risoladagidek bo‘lib qolishidan umidvormiz.

    Foto: Hakim Yo‘ldoshev / “Xalq so‘zi”

    Foto: Hakim Yo‘ldoshev / “Xalq so‘zi”

    — Mana, ko‘rib turibsiz, avtobusimiz bus-butun, soppa-sog‘, - deydi yo‘nalishli avtobus haydovchilaridan biri G‘ulomjon aka hazillashib. — Ertalab va kechki payt salon yo‘lovchilar bilan liq to‘ladi. Shunday paytda mana bu uydim-chuqurlardan chumoli yurish qilib o‘tamiz. Shundayam ichkari yer qimirlagandek silkinib-silkinib tushadi. Yo‘nalishimizning eng og‘riqli nuqtasi shu desam adashmayman. Deyarli boshqa barcha yo‘llardan yaxshi bo‘lgani uchun ko‘nglimiz xotirjam o‘tadi. Shu joyga kelganda esa, xafsalamiz pir bo‘lgani-bo‘lgan. Yo‘lovchilar-ku ko‘nikib ketgan, lekin shu joyga kelganda avtobusimizga ichim achiydi. Kim bilsin, balki u ham ko‘nikib ketgandir.

    Foto: Hakim Yo‘ldoshev / “Xalq so‘zi”

    Foto: Hakim Yo‘ldoshev / “Xalq so‘zi”

    — Qirq yildan beri mashina haydayman, — deydi yana bir haydovchi Alisher Teshaboyev. — Shukr, yurtimizning ko‘p joylarida bo‘lgani kabi Toshkentda ham ko‘p qurilishlar bo‘lmoqda. Yo‘llarimiz oldingi davrlarga nisbatan ancha tekis, ravonlashib qoldi. To‘g‘ri, muammolar yo‘q emas. Ularga ham asta-sekin yechim topsa bo‘ladi. Lekin mana shu joyni zudlik bilan to‘g‘rilamasa, bo‘lmaydi. Biz-ku mayli, agar biror chet ellik turist shu joydan o‘tib qolsa bormi, yo‘ldagi ana shu teshiklardan har silkinib o‘tganida, olgan hamma yaxshi taassurotlari ham to‘kilib ketishi aniq.

    30.10.2018, 11:14   Izoh (0)   41256
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy bank iqtisodiyotning real sektoridagi holat va kutilmalari natijalarini e’lon qildi

    30.10.2018, 11:13

    Samarqand tungi klublarida reydlar o‘tkazildi

    30.10.2018, 09:31

    Xalqaro mehnat tashkiloti: Majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan hukumat amaldoriga chora ko‘rilishi kerak

    30.10.2018, 08:54

    O‘zbekistonda ilk bor robototexnika musobaqasi bo‘lib o‘tdi

    30.10.2018, 08:40

    O‘zbekistonlik harbiylar murakkab tog‘ sharoitida shartli yaradorlarni qutqarish mashg‘ulotini o‘tkazdi

    29.10.2018, 22:26

    Prezident topshirig‘iga ko‘ra Oqqo‘rg‘on voqeasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

    29.10.2018, 22:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ayol plastik operatsiya uchun 2,4 mln dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 iyul, 00:10

    G‘azo talabalari urush boshlangandan buyon ilk bor imtihon topshiradi

    Dunyo | 20 iyul, 23:46

    Rossiya Shahed dronlarini ishlab chiqaradigan zavod namoyish qilindi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 23:30

    Eron Isroil hujumlarida shikastlangan havo mudofaa tizimlarini yangiladi

    Dunyo | 20 iyul, 23:05

    Ko‘kdaladagi portlash: voqea joyidan kechikkan reportaj

    O‘zbekiston | 20 iyul, 22:41

    Ilon Mask bolalar uchun Baby Grok ilovasini ishga tushiradi

    Dunyo | 20 iyul, 22:30

    Avtoritar tizim o‘zgarmaguncha Gruziya Yevropa Ittifoqiga qo‘shila olmaydi — YI parlamenti

    Dunyo | 20 iyul, 22:10

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.