“Portu” darvozaboni Iker Kasilyas Moskvaning “Lokomotiv” klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan Yevropa Chempionlar Ligasi o‘yinidan oldin “qovun tushirdi”.
Kasilyas Qizil maydonda sayr qilib, Twitter’ga o‘yin haqida xabar yozdi, ammo Moskva klubi o‘rniga Toshkentning “Lokomotiv” klubini belgilab qo‘ydi.
“JCh—2018 vaqtida televideniyedan to‘plagan tajribamdan so‘ng, @LokomotivUzb ga qarshi Chempionlar Ligasida o‘ynash uchun ushbu go‘zal shaharga qaytdim” — deb yozdi Kasilyas.
Izoh (0)