O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumining yalpi yig‘ilishi va sho‘balarga bo‘lingan holda bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotlarda sohaga oid dolzarb vazifa va masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Forum davomida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma dasturlar asosida yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga doir qator kelishuvlarga erishilmoqda.
Jumladan, Termiz davlat universiteti hamda Sochi davlat universiteti rektorlari talabalarni o‘qitish, fakultet va kafedralar filiallarini tashkil qilish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, maqsadli ilmiy izlanishlar olib borish, o‘quv va ilmiy adabiyotlar almashish bo‘yicha shartnoma imzoladilar.
Forum o‘z ishini davom ettirmoqda.
Izoh (0)