NASA olimlari ko‘p yillik Arktika muz qatlamlarining deyarli to‘liq erib ketgani haqida ma’lum qildi. Ayni paytda uning o‘rnida yupqa muz qatlami qolgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
NASA reaktiv harakat laboratoriyasi tomonidan aytilishicha, Artika muz qatlamining 70 foizdan ortig‘i endi mavsumiy hodisa bo‘lib qolgan.
Bu muzning yozda erib ketishi, qishda esa o‘sishini bildiradi. Bunda mavsumiy muz atmosfera sharoitlarida ko‘proq ta’sirchan bo‘ladi.
“Eski” muzlarning umumiy maydoni esa ikki million kvadrat metrgacha qisqargan.
Havo haroratining ko‘tarilishi global halokatlarni keltirib chiqarmoqda va Arktika ekotizimining o‘limiga sabab bo‘lmoqda. Bu nafaqat ko‘plab hayvonlarga, balki mikroorganizmlarga ham taalluqli.
Izoh (0)