• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Shodiya Abduqodirova: Bitta ampluada qolib ketgan aktrisa, deyishlarini xohlamayman

    Jurnalist Mirolim Isajonov O‘zbek Milliy akademik drama teatrining iste’dodli aktrisasi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Shodiya Abduqodirova (To‘xtayeva) bilan suhbat uyushtirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    —Shodiya opa, bugun texnika-texnologiya rivojlanayotgan tahlikali, globallashuv davri har bir insondan ayniqsa, ota-otalardan farzand tarbiyasida yanada mas’uliyatli va e’tiborli bo‘lishni taqozo etmoqda. Siz ayni XXI asrda farzandlaringizni nimalardan himoya qilishga harakat qilasiz?

    —Hozirgi nihoyatda murakkab davr, taraqqiyotning jadal sur’atlarda davom etishi, axborot doirasining kengligi har bir ota-onani sergak bo‘lishga undayotgani hech birimizga sir emas. Men ham barcha onalar singari o‘g‘il va qizimni yomon illatlardan himoya qilishga intilaman. Bor e’tiborimni ularning dunyoqarashi va ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan qusurlardan, asosiysi esa tarbiyasizlikdan asrashga qaratganman. Sababi odamzotning qilgan barcha hatti-harakati baribiram uning tarbiyasiga borib taqaladi.

    —Odatda endi tanilayotgan aktyorlar salbiy rollarni ijro etishga hayiqishadi va uni rad etishadi. Siz talabalik chog‘ingizdanoq, bunday obrazlar yaratishdan qo‘rqmaganmisiz?

    —To‘g‘ri, salbiy rol o‘ynashdan oldin biroz ikkilangan paytlarim bo‘lgan, ammo hech qachon cho‘chigan emasman. Meni elga tanitgan va aktyorlik mahoratimni ochib berishimda muhim ahamiyat kasb etgan “Qaytar dunyo” serialidagi Mashhura rolimni talqin qilayotgan paytimda ham “Ertaga tomoshabinlar qanday fikr bildirarkin?”, degan savol tug‘ilmagan. Xohish va o‘zimga nisbatan ishonchning kuchliligi tufayli oliygohning 3-bosqichida tahsil olsam-da, Mashhuraning ichki dunyosini ochib berishga, tomoshabinlarga yetib boradigan darajada o‘ynashga astoydil intilganman.

    Aslida salbiy rolni o‘ynash uchun ham aktyor shaxs sifatida shakllangan, salbiy insonga bo‘lgan qarashlari yuksak bo‘lishi lozim. Qarashi shakllanmagan aktyor hech qachon salbiy rolni ishonarli va ta’sirli qilib o‘ynay olmaydi. Salbiy obrazning shunisi qiyinki, unda oltin o‘rtalikni topishingiz kerak va bu biroz qiyin jarayon. Rolingiz me’yoriga yetmay qolsa, “O‘ynashni bilmabdi”, deyishadi. Oshirib yuborsangiz esa “O‘xshamabdi, bo‘rttirib yuboribdi”, deb baho berishadi. Ijobiy rolda o‘zingizni olib chiqib, ya’ni qanday bo‘lsangiz, shundayligingizcha o‘ynayverasiz. Men uchun rolning ijobiymi, salbiymi qizig‘i yo‘q. Aktyorning izlanishi, mehnat qilishi muhimroq. Rol’ tanlashga aktyorning haqi yo‘q, deb o‘ylayman. Asosiysi u o‘zi yaratayotgan rolning qolipiga tushishi va tomoshabinni ishontira olishi kerak.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    —Kitobxon aktrisalardan ekanligingizni nafaqat san’at sohasi vakillari, balki ijodingizga befarq bo‘lmagan tomoshabinlar ham yaxshi bilishadi. Siz aktyorning kitob o‘qish masalasiga qanday qaraysiz?

    —Bilasizmi, kitob aktyor uchun suv va havodek zarur. Boshqa kasb egalaridan ham ko‘ra ko‘proq ijod kishisiga kitob o‘qish juda ham muhim va majburiy mashg‘ulot, deb o‘ylayman. Biz aktyorlar mutolaa bilan shug‘ullanmasak, fikrlashdan to‘xtab qolamiz. Agar aktyor o‘z ustida ishlamasa, ma’naviy dunyosini kengaytirib, uni oziqlantirib bormasa, boshqa kasb egalaridan nima farqi qoladi?! To‘g‘ri, sahnaga chiqqanda yoki ekran tugmachasi bosilgach, tayyor ssenariyni yodlab aytib berish qiyinchilik tug‘dirmasligi mumkin, biroq, aktyor sifatida qahramonning so‘z, holat va sharoitiga shaxs sifatida munosabat bildirish lozim. Har bir aktyor o‘z “men”iga ega bo‘lishi, shaxs sifatida shakllanishi kerak. Shundagina u o‘ynagan rollar tabiiy va ishonarli chiqadi. Bu borada esa kitob va mutolaa katta ahamiyatga ega.

    O‘zim hozir ham farzand tarbiyasidan ortinib, har bir kunimni mutolaa bilan o‘tkazishga harakat qilaman. Ba’zan katta-katta romanlarni avvalgidek, bemalol va hotirjamlikda o‘qiy olmasam-da, kasbimga oid adabiyotlarni, kichik-kichik hikoyalarni mutolaa qilaman. Gohida audio disklar orqali eshitib, elektron variantlarini ham o‘qib turaman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    —Kitob javoningizda qayta o‘qish uchun o‘zingizda kuch topolmaydigan asarlar ham bormi?

    —Judayam ajoyib va qiziq savol bo‘ldi-ku (samimiy kuladi). Mutolaa qilishim qiyin bo‘lgan asarlar ko‘plab topiladi. Tabiatan kayfiyatimga qarab, kitob o‘qish odatim borligi uchun hatto yillar davomida oxirigacha o‘qib tugata olmagan romanlarim ham bor. Avvaldan Dostoyevskiy ijodiga befarq emasman. Ko‘plab asarlarini qayta-qayta o‘qib, o‘zim uchun ko‘p narsalarni kashf qilaman. Ammo negadir “O‘smirlar” romanini hech oxirigacha o‘qib, tugatolmayman. Kamyu asarlarini ham mutolaa qilish men uchun biroz qiyinroq. Shu sabab uning ijod namunalarini audio holatida eshitishni qulay, deb hisoblayman.

    —Yillar o‘tib, Shodiya Abduqodirovani tomoshabinlar nima deb eslamasliklarini istaysiz?

    —Bitta ampluada qolib ketgan aktrisa, deyishlarini xohlamayman. Deylik, aktyor biror roli bilan shuhrat qozonsa, u butun ijodi davomida qancha ko‘p va turfa rollar o‘ynamasin, baribir tomoshabin uni ilk rolidek qabul qilolmaydi. Xalqimiz meni faqat salbiy rollar ijrochisi sifatida taniydi. Butun ijodiy faoliyatim mobaynida ilk rolimning soyasida kolib ketishni istamasdim.

    —Sizningcha, kinofilm yoki sahnada baxtli ayol rolini ijro etish qiyinmi yohud baxtsiz ayol obrazini?

    - (o‘ylanib) Aslida har bitta rolni o‘ziga yarasha tosh-tarozisi bo‘ladi. Aktyor hamma rolni o‘zidan kelib chiqib o‘ynaydi. O‘sha paytdagi kayfiyati va yashash tarzi ham katta ahamiyat kasb etadi. Sababi kinoda aktyor xohlasa, xohlamasa birinchi o‘rinda uning ko‘zi gapirib, tomoshabinga barcha narsani ro‘yi-rost aytib turadi. Agar aktrisa hayotda baxtsiz bo‘la turib, ekranda baxtli ayol obrazini yaratsa, uni ko‘zi albatta, sotib qo‘yadi. Baxtli ayol rolini o‘ynasa ham ijrosi ishonarli chiqmaydi. To‘g‘ri, aktyor plastilin. U turli rollarni talqin qilishi mumkin. Biroq ko‘p hollarda shaxsiyatdan ham qutilib bo‘lmasligini unutmaslik kerak.

    —Jurnalistlar bilan murosasizlikka borishingiz mumkinmi?

    - Mumkin. Bunday holatlar juda ko‘p sodir bo‘ladi. Jurnalistika kasbining mas’uliyati cheksiz. Agar aktyor ko‘proq adabiy, badiiy adabiyotlarni o‘qisa, jurnalist esa keng qamroqli kitoblarni mutolaa qilib, ba’zasini to‘ldirib borishi hamda yangilab turishi kerak. O‘z ustida ko‘p ishlagan, o‘qigan, saviyasi baland, ma’naviy dunyoqarashi yuksak jurnalist hamisha suhbat jarayonida mot bo‘lib qolmaslikka intiladi va suhbatdoshini to‘g‘ri tushunib, uning fikrlarini muxlislarga yetkazib beradigan darajada ro‘yi-rost talqin qila oladi. Afsuski, ba’zan fikrlash doirasi tor va sayoz hamkasblaringiz bilan muloqotda bo‘lib qolaman. Suhbat gazeta yohud jurnalda chop etilganida, uni o‘qisangiz siz aytgan fikrlar mujmal va tarqoq holatda, aktyorlikdan butunlay yiroq bo‘lgan insonning tilidan yozilgan bo‘ladi. Jurnalist nafakat informatsiya yetkazib berishi, balki suhbatdoshining harakteri, qalb qo‘rini to‘laqonli ochib bera olishi kerak, deb bilaman. Istardimki, sharafli va shu bilan birga o‘ta mas’uliyatli kasbning aksariyat vakillari yanada o‘z ustida ishlab, izlanishsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.

    18.10.2018, 14:36   Izoh (0)   58871
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan tomosha ilk bora O‘zbekiston teatrlarida namoyish etiladi

    18.10.2018, 14:12

    Rejissor Rashid Malikovning “Sabot” filmi xalqaro Bridge of Arts kinofestivalda mukofotlandi

    17.10.2018, 16:20

    Oybek va Nigora yangi oilaviy fotojamlanmani taqdim etdi (foto)

    17.10.2018, 15:50

    O‘zbekistonlik raqqoslar WDSF raqs chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi

    17.10.2018, 12:50

    Mehmet Bo‘zdag‘: “O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Samarqandda turkiy xalqlar kinofestivali tashkil qilinishi tarafdoriman”

    16.10.2018, 12:46

    Sayyohlar dunyoning eng yaxshi muzeyi nomini ma’lum qildi

    13.10.2018, 09:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.