Twitter’ning mikrobloglar xizmati kompaniya tomonidan AQSh ichki ishlariga aralashishga urinishlarga aloqador deb hisoblanayotgan akkauntlar xabarlari arxivini e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Kompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha, e’lon qilingan arxiv 2016-yildan buyon aniqlangan potensial axborot operatsiyalari hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, arxiv Amerika saylovlariga aralashishda gumon qilinayotgan “Internet tadqiqotlari agentligi”ga tegishli bo‘lgan 3841 ta hamda Eronda joylashgan yana 770 ta akkauntni o‘z ichiga oladi. Twitter vakilining so‘zlariga ko‘ra, ma’lumotlar bazasida 10 millionta xabar va ikki milliondan ortiq rasm, video va boshqa fayllar bor.
Izoh (0)