So‘nggi paytda jamoat transporti, xususan avtobuslar bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar jamoatchilik o‘rtasidagi muhokamalarga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Shu bois, “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati tomonidan 2008—2009-yillarda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz rusumli avtobuslarni chuqurlashtirilgan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazish chora-tadbirlari ko‘rildi. Aniqlangan nosozliklar bartaraf etilib, soz holga keltirilgan avtobuslar yo‘nalishlarga chiqarilmoqda.
Texnik jarayonlarni yaxshilash maqsadida, “Toshshahartransxizmat” AJda Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi menejeri Maks Kirshenxofer bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Mercedes-Benz rusumli avtobuslarning texnik holati, ularga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuvda 2012—2013-yillarda ishlab chiqarilgan avtobuslarga va harakat tarkibini yangilashga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
Izoh (0)