GM Uzbekistan kompaniyasi model qatorini yangilash global dasturi doirasida kompaniya GM Korea bilan hamkorlikda Toshkentdagi filialda Tracker modelini yig‘ish ishlarini olib bormoqda. Bu haqda, kompaniya matbuot xizmatiga asoslanib, Spot xabar bermoqda.
Aytilishicha, GM Korea bilan qator shartnomalar imzolanib, ular asosida detallar, asbob-uskuna va instrumentlar yetkazib beriladi. Shuningdek, sinov muddati doirasida shu paytga qadar 28 ta Tracker avtomobili yig‘ib bo‘lindi.
“Qayd qilib o‘tish kerak, Tracker avtomobilining sinov yig‘ish ishlari muvaffaqiyatli o‘tdi. Ommaviy ishlab chiqarishning boshlanish sanasi, shuningdek, mashina tavsifi va narxi haqida keyinroq, ishlab chiqarish jarayoni va tashkiliy jihatlar yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng ma’lum qilinadi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Izoh (0)