Opel nemis avtokonsernining Russelxaym va Kayzerslautern shaharlaridagi ofislarida chiqindi gazlar darajasi o‘zgartirilgani gumoni sababli tintuv o‘tkazildi. Bu haqda Frankfurt katta prokuroriga tayangan holda, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Kompaniya dizel yoqilg‘ili avtomobillarni dasturiy ta’minotlarni o‘zgartirgan holda ishlab chiqarganlikda gumon qilinmoqda.
Gap 2012, 2014 va 2017-yillarda ishlab chiqarilgan Insignia, Zafira va Cascada rusumli taxminan 95 mingta mashina haqida ketmoqda. Gessen yerining jinoiy ishlar bo‘yicha idorasi va Opel’ning o‘zi tintuvlar o‘tkazilganini tasdiqlagan.
Shuningdek, konsern tergovga to‘liq yordam berayotganini, uning avtomobillari esa belgilangan me’yorlarga to‘liq mosligini bayon qilgan.
Izoh (0)