Finlyandiyaning Xelsinki shahri atrofida yashovchi erkak tumanni tutun bilan adashtirib yubordi. Erkak yong‘inni o‘chirish uchun qutqaruvchilarni chaqirgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xelsinki yaqinidagi Kerava shahrida yashovchi erkakning chaqiruviga asosan o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan, aslida, shaharni kuchli tuman qoplagan edi.
Meteorologlar tuman Finlyandiyaning g‘arbiy va janubiy qirg‘oqlarida paydo bo‘lishi haqida ogohlantirgan. Bunday hodisalar iliq kunlardan keyin tunda muzlash yuz bersa, kuzatiladi.
Izoh (0)