Avariya komissiyasi “Soyuz” avariyasining surishtiruvini 20-oktabrga qadar yakunlashi lozim. Bu haqda kosmik sohadagi manbasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Nashr manbasining so‘zlariga qaraganda, komissiya 20-oktabrga qadar hodisa sabablarini aniqlashga ulgurishi lozim, chunki “Progress” yuk kemasini uchirish 31-oktabrga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, raketa Boyqo‘ng‘irdan 11-oktabr, payshanba kuni tongda uchirilgandi. Avariya parvozning 119-soniyasida birinchi bosqich yon qurilmalarining ikkinchi bosqich markaziy blokidan ajralish chog‘ida yuz bergan.
Izoh (0)