Olimlar Cassini sayyoralararo avtomatik stansiyasidan olingan ma’lumotlarni tahlil qilib chiqib, Saturn o‘z halqalarini yutib yuborayotganini aniqladi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Tadqiqotga ko‘ra, sayyoraga eng yaqin bo‘lgan C va D halqalari yaqin kelajakda g‘oyib bo‘ladi.
D halqasi taxminan 60 ming yildan keyin yo‘qoladi, bu kosmik o‘lchamlar bo‘yicha — juda tez demakdir. Ikkinchisi esa, astronomlar hisob-kitoblari bo‘yicha, 700 mingdan 7 million yilgacha mavjud bo‘lib turishi mumkin.
Shuningdek, Saturnda metan, CO2, ammiak, murakkab organik molekulalar parchalari va kam miqdordagi suvdan tashkil topgan o‘ta kuchli kimyoviy jala yog‘ilayotgani aniqlandi.
Sayyora tevaragida joylashgan halqalar esa asosan muzdan tarkib topgan.
Izoh (0)