Toshkentda Hangzhou Hikvision Technology kompaniyasi prezidenti Yangjon Xu bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Xitoy kompaniyasining “Xavfsiz shahar” loyihasidagi ishtiroki masalasi ko‘rib chiqildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.
Muloqot davomida tomonlar loyiha bilan bog‘liq va uni amalga oshirish davomida foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan masalalarni birgalikda ko‘rib chiqishga kelishib oldi.
Hikvision videokuzatuv va tizimlari sohasidagi texnologiyalar va “Xavfsiz shahar” loyihalarini amalga oshirishda katta tajribaga ega. Ular qatorida Seul, Shanxay, Nyu-York, Ukraina, Belarus va Singapurda joriy etilgan loyihalarni sanab o‘tish mumkin.
Kompaniya mahsulotlari dunyoning 150 dan ortiq davlatlarida qo‘llab kelinadi.
Izoh (0)