Toshkentda taniqli tadbirkor, restorator Murat Yusupov 7-oktabr kuni fojiali tarzda halok bo‘ldi, deb yozadi “Nuz.uz”.
26 yoshli yigit tok urishi oqibatida olamdan ko‘z yumgan.
Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa 7-oktabr kuni kechasi soat 22:00 atrofida yuz bergan. Murat yuvinish xonasida telefonini quvvatlantirmoqchi bo‘lganida, uni tok urgan.
“Marhumning do‘stlari va yaqinlari hozirgacha ushbu holatni qabul qila olmayapti. O‘nlab insonlar yigitning Facebook sahifasiga ta’ziya so‘zlarini yozib qoldirmoqda”, — deyiladi xabarda.
“U bizdan edi. Restorator va tadbirkor! Biz hammamiz juda yaxshi va mehribon yigitni yo‘qotdik. Joyi jannatdan bo‘lsin!”, — taniqli restorator, Caravan Group asoschisi Timur Musin.
“Men bu haqda ertalab soat 6 da eshitdim, haligacha o‘zimga kela olmayapman. Men kimdir qo‘ng‘iroq qilishini va bu bo‘lmagan gap ekanligini aytishini istadim. Biroq, mo‘jizalar yo‘q narsa ekan. Joying jannatdan bo‘lsin!”, — deb yozdi yigitning do‘stlaridan biri.
Izoh (0)