O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga tashrifi chog‘ida BBC’ga O‘zbekistonda faoliyat yuritishiga ruxsat berilishini aytdi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.
Parij shahrida BBC o‘zbek xizmati muxbiri Ibrat Safo Prezidentga savol bilan murojaat qildi: “BBC’ga O‘zbekistonga kirishga ruxsat bo‘ladimi?” UNЕSCO bosh direktori Odri Azule bilan uchrashuvdan qaytayotgan Shavkat Mirziyoyev ushbu savolga tabassum bilan javob berdi: “Albatta, bo‘ladi, kelinglar”.
Ma’lumot uchun: BBC o‘zbek xizmati 2005-yilda – Andijon voqealaridan keyin O‘zbekistonni tark etgan edi. Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylangach, ushbu OAV O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tish uchun harakatni boshlagan, ammo bir yildan beri bunga erisholmagan.
https://www.facebook.com/bbcuzbek/videos/338855936872276/
Izoh (0)