Toshkentda “Shaharga o‘rindiq va urna hadya qil” maxsus aksiyasi doirasidagi ilk ishlar boshlandi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashiga ko‘ra, Parkent Plaza kompaniyasining 7 ta o‘rindiq va urnasi Yashnabod tumanidagi Parkent ko‘chasiga o‘rnatildi.
Ma’lumot uchun, mazkur aksiya doirasida istalgan korxona-tashkilot yoki shaxs hokimlikka murojaat qilib, shaharning o‘zi xohlagan hududida dizaynerlik o‘rindiqlari va urnalarini o‘rnatishi hamda ularni logotipi bilan bezatishi mumkin.
Izoh (0)