Toshkent hokimligi “Hamid Olimjon” metro bekati yaqinidagi yo‘lni ochish ishlarini keyinga qoldirdi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Poytaxt ma’muriyati vakili so‘zlariga ko‘ra, loyiha vaqtinchalik kelasi yilga ko‘chirilgan, hozir esa u yerda yashil hudud yaratiladi. Yo‘l O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasining bog‘ hududidan o‘tishi kerak edi.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oxirida Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida Movarounnahr va Abdulla Qodiriy ko‘chalari o‘rtasida avtomobillar harakati uchun yo‘l ochilishi xabar berilgan edi. Hokimlik o‘shanda mazkur qaror shahar aholisining ko‘p sonli murojaatlari asosida qabul qilinganini qayd etgan edi.
Izoh (0)