O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan Fransiyaga jo‘nab ketdi, deb yozadi O‘zA.
Tashrif davomida ikki davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar, Fransiya parlamenti rahbariyati, yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Uchrashuv va muzokaralar yakunida 10 dan ortiq hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Prezident BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashadi. Unda O‘zbekiston va YuNESKO o‘rtasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama etiladi hamda 2018—2021-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma Harakatlar rejasi qabul qilinadi.
Izoh (0)