2—8-oktabr kunlari Turkmanistonning Turkmanobod shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha qo‘shma O‘zbekiston — Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston — Turkmaniston davlat chegarasining alohida uchastkalarida oldinroq o‘tkazilgan qo‘shma dala topografo-geodeziya ishlari natijalari ko‘rib chiqildi, shuningdek, keyingi dala ishlarini o‘tkazish muddatlari kelishildi.
Uchrashuv do‘stlik va o‘zaro tushunish muhitida o‘tdi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra bayonnoma imzolandi.
Izoh (0)