17—28-sentabr kunlari O‘zbekiston Adliya vazirligining mas’ul xodimlari tajriba almashish doirasida Qozog‘iston Adliya vazirligi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Uchrashuv doirasida Qozog‘iston adliya vaziri M. Beketayev davlat tomonidan ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va milliy qonunchilikning xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi.
Tashrif dasturi nafaqat Qozog‘iston Adliya vazirligining departament va boshqarmalari, balki Intellektual mulk milliy instituti, Qonunchilik instituti, Respublika huquqiy axborot markazi, Sud-ekspertizalari markazi, Ostona shahrining Adliya departamenti faoliyati taqdimotini ham ko‘zda tutadi.
Tashrif konstruktiv ruhda o‘tdi.
Izoh (0)