O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Istanbul orqali Ispaniyaning Estepona shahriga yetib bordi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Mazkur shaharda Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchilik qilayotgan jamoa 10 kun davomida istiqomat qiladi va 3 ta xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Kelasi yil Osiyo chempionatining saralashida ishtirok etadigan O‘zbekiston termasi 10 kun ichida Fransiya, Shotlandiya hamda Belgiya bilan kuch sinashib ko‘radi. Raqib jamoalarda bir yosh katta futbolchilar to‘p suradi. O‘yinlar Esteponadan uncha uzoq bo‘lmagan Marbellada bo‘lib o‘tadi. Quyida yig‘inda bo‘lib turgan futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan tanishish mumkin.
Darvozabonlar:
1. Abduvohid Ne’matov — “Nasaf”
12. Asad Polvonov — “Nasaf”
Himoyachilar:
2. Saidazamat Mirsaidov — “Paxtakor”
3. Asliddin Toshtemirov — “Neftchi”
4. Odil Abdumajidov — “Andijon”
5. Sodiq Ortiqov — “Navbahor”
6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev — “Paxtakor”
14. Sunnat Hamidjonov — “Paxtakor”
23. Eldor Begimov — AGMK
Yarim himoyachilar:
8. Ibrohim Ibrohimov — “Buxoro”
9. Mironshoh Sattorov — “Bunyodkor”
10. Jasur Jaloliddinov — “Bunyodkor”
11. Begzod Shamsiyev — “Paxtakor”
13. Alisher Odilov — “Paxtakor”
15. Diyor Ramazonov — “Paxtakor”
16. Muhammadqodir Rahimbernegov — “Xorazm”
17. Hojimat Erkinov — “Paxtakor”
19. Ruslan Ro‘ziyev — “Paxtakor”
22. Muzaffar Olimjonov — “Bunyodkor”
Hujumchilar:
7. Abdulaziz Abdusalomov — “Paxtakor”
18. Ulug‘bek Hoshimov — “Paxtakor”
20. Xushnud Bozorov — “Paxtakor”
O‘yinlar vaqti:
10-oktabr, chorshanba
O‘zbekiston U17 — Shotlandiya U18 16:00
13-oktabr, shanba
O‘zbekiston U17 — Belgiya U18 19:00
15-oktabr, dushanba
O‘zbekiston U17 — Fransiya U18 16:00
Izoh (0)