O‘zbekistonning birinchi raqamli raketka ustasi Denis Istomin Qozog‘istonning Olmaota mezbonlik qilgan mukofot jamg‘armasi 50 000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi musobaqada g‘olib chiqdi.
Denis finalgacha Portugaliya, Misr, Serbiya, Chexiyadan bo‘lgan tennischilarni musobaqadan chiqarib yuborishga erishdi. Finalda esa Denis serbiyalik yana bir tennischi Nikola Miloyevichga duch keldi. O‘zbekistonlik tennis ustasi raqibi ustidan 6-7, 7-6, 6-2 hisoblarida g‘alaba qozondi va musobaqa chempioniga aylandi.
Ushbu muvaffaqiyat sabab Istomin 80 reyting ochkosi hamda 7200 AQSh dollari miqdorida mukofot puliga ega chiqdi.
Izoh (0)