Bugun, 6-oktabr sanasida Italiya A Seriyasida 8-tur bahslari davom ettiriladi.
Kecha turning ilk bellashuvida “Torino” klubi “Frozinone” jamoasini qabul qilib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Bugun esa tur doirasida 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi. Jumladan, “Kalyari” “Bolonya”ni o‘z maydonida mehmon qiladi.
Musobaqa peshqadami “Yuventus” esa “Udineze” maydoniga safar qiladi. O‘yin 21:00 da boshlanadi. Rimning “Roma” jamoasi safarda “Empoli” bilan kurash olib boradi. Bahs 23:30 da boshlanishi belgilangan.
A Seriya
8-tur bellashuvlari
5-oktabr, juma
“Torino”—“Frozinone” 3:2
Gollar: 1:0—20 Rinkon, 2:0—46 Bazelli, 2:1—58 Goldaniga, 2:2—64 Chiano, 3:2 — 71 Berenguer.6-oktabr, shanba
Izoh (0)