Pentagonning geni o‘zgartirilgan viruslarni tarqatish uchun hasharotlardan foydalanishni nazarda tutuvchi dasturi Biologik qurol haqidagi konvensiyani buzishi mumkin, deb yozadi “Gazeta.ru” xalqaro olimlar guruhi tadqiqotiga tayanib.
Evolyutsion genetika, bioetika va ushbu sohalar bilan bog‘liq huquqiy masalalar bilan shug‘ullanuvchi Germaniya va Fransiya universitetlari mutaxasssislari tadqiqotlariga ko‘ra, Pentagonning istiqbolli tadqiqot loyihalari boshqarmasida (DARPA) Insect Allies (“Ittifoqdosh hasharotlar”) dasturi ishlab chiqilmoqda, u o‘simliklar xromosomalarining hasharotlar tarqatuvchi viruslar tomonidan amalga oshiriluvchi “gorizontal” redaksiyasini aniqlashi kerak.
Olimlar ta’kidlashicha, bu dasturning muhim biologik, iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari bor, ular ea Pentagon tomonidan qo‘llanilishi mumkin.
“Pirovardida bu dastur ko‘pchilik tomonidan g‘ayirli maqsadda biologik agentlar va ularni yetkazish vositalarini yaratishga urinish deb qabul qilinishi mumkin, agar bu rost bo‘lsa, Biologik qurol haqidagi konvensiyaga zid keladi”, — deyiladi maqolada.
Izoh (0)