Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

BAAning Muhammad bin Rashid kosmik markazi va Yevropa kosmik agentligi bitim imzoladi. Unga ko‘ra, agentlik BAAning birinchi kosmonavtini tayyorlashda yordam beradi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Joriy yilning sentabr oyidan buyon Amirliklarning ikki nafar kosmonavti Rossiyaning “Soyuz” kosmik kemasida XKSga parvoz qilish uchun Yulduz shaharchasida tayyorgarlik o‘tamoqda. Ana shu ikki nafar nomzod orasidan tanlab olinadigan BAA tarixidagi birinchi kosmonavt Rossiya va AQSh ekipaji a’zolari bilan birga 2019-yilning 5-aprelida kosmosga yo‘l oladi.

Shuningdek, bitim agentlik tomonidan Muhammad bin Rashid kosmik markaziga Dubaydagi shtab-kvartiradan kosmonavtlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishga imkon beruvchi texnologiyani yetkazib berishni ham ko‘zda tutadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova