• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘qituvchilarga imtiyozli avtokredit va ipoteka krediti berish shartlari qanaqa?

    “Turon 24” jurnalisti Abror Zohidov O‘zbekistonda o‘qituvchilarga imtiyozli avtokredit va ipoteka krediti berish shartlari bilan tanishtirdi. Quyida ushbu maqola e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Joriy yilning 14-avgustida O‘zbekiston prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolangan.

    Qarorning uchinchi bandida “umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:

    — 2018-yil 1-sentabrdan: boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 1,1 baravar; yuqori sinf o‘qituvchilari uchun o‘rtacha 1,24 baravargacha; direktor, uning o‘rinbosarlari va axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 baravar oshirilsin

    — 2019-yil 1-yanvardan: oliy toifali o‘qituvchilar uchun 1,25 baravar; birinchi toifali o‘qituvchilar uchun 1,2 baravar; ikkinchi toifali o‘qituvchilar uchun 1,15 baravar; mutaxassis o‘qituvchilar uchun 1,1 baravar; direktor, uning o‘rinbosarlari, axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 baravar oshirilsin”, – deya qayd qilingan.

    Shuningdek, bu qarorning o‘ninchi bandida o‘qituvchilarga imtiyozli avtokredit berish haqida so‘z boradi.

    “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarga iste’mol kreditlari, shu jumladan, avtotransport sotib olish uchun maxsus jamg‘arma hisobidan quyidagi shartlarda kreditlar berish tartibi o‘rnatilsin: kreditni berish muddati – 1 yil imtiyozli davr bilan 5 yil; dastlabki badal summasi – sotib olinayotgan avtotransport qiymatining 25 foizi; kredit uchun foiz stavkasi — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda”, – deyiladi bu bandda.

    Kuni kecha, 2-oktabr kuni “regulation.gov.uz” saytida prezident qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha o‘qituvchilarga uzoq muddatli imtiyozli kredit asosida uy berish haqidagi hujjat loyihasi e’lon qilindi. Ta’kidlash shart, ushbu hujjat hali loyiha bo‘lib, u o‘zgarishi, tasdiqlanishi yoki rad etilishi mumkin. Bu bo‘yicha muhokamalar 17-oktabrgacha davom etadi.

    Demak, agar bu loyiha o‘zgarishsiz qabul qilinsa:

    • o‘qituvchilarga ipoteka krediti 3 yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga beriladi;
    • dastlabki 5 yilda 7 foiz, qolgan 15 yilda MBning qayta moliyalash stavkasi hisobida foiz olinadi;
    • boshlang‘ich badal uy-joy qiymatining 10 foizi hisobida to‘lanadi;
    • kredit xalq ta’limi tizimida kamida 15 yillik stajga ega, uyga muhtoj o‘qituvchilarga beriladi.
    Yashash uchun turar joyi mavjudlarga ham kredit ajratiladi, faqat:
    • ijarada yoki birovning uyida tursa;
    • bitta uyda (kvartirada) boshqa oila bilan birga yashasa;
    • ko‘p bolali oila bo‘lsa;
    • farzand tarbiyalayotgan yolg‘iz ota yoki ona uchun;
    • 1-guruh nogironi bor oila bo‘lsa;
    • turar joy maydoni mavjud me’yorlarga mos kelmasa (bir kishi uchun 16 kvadrat metrdan, aravachali nogironlar uchun 23 kvadrat metrdan kam bo‘lsa).
    Mazkur ipoteka imtiyozidan foydalanish istagida bo‘lganlardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:
    1. Ariza;
    2. Mehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlar;
    3. Talabgor ishlovchi ta’lim muassasasi pedagogik kengashining dalolatnomasi;
    4. Oilaviy sharoiti imtiyozli kredit olishga mos kelishini tasdiqlovchi hujjatlar.
    Barcha hujjatlar jamlanib hududiy komissiyaga taqdim etiladi va komissiya arizalarni kelib tushish tartibi bo‘yicha ko‘rib chiqadi.

    Shu o‘rinda ayrim tushunchalarga aniqlik kiritish talab etiladi.

    Arzon uylar – O‘zbekiston Prezidenti va hukumati tasdiqlagan dasturlar bo‘yicha qurilgan namunali uylar va ko‘p xonadonli uylardagi kvartiralar.

    Ipoteka krediti – arzon uy xarid qilish uchun berilgan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti.

    Imtiyozli davr – ipoteka kreditining asosiy qarzi to‘lanmaydigan davr. Qarz oluvchi – O‘zbekiston xalq ta’limi tizimida faoliyat olib boruvchi, mazkur imtiyozli ipoteka kreditini olish talablariga mos keluvchi, zarur ish stajiga ega pedagog.

    Dastlabki badal – kredit oluvchining uy qiymatining 10 foizini tashkil qiluvchi shaxsiy mablag‘i.

    O‘qituvchilar ipoteka krediti asosida olayotgan arzon uy qiymati dastlabki badal to‘lanayotgan kunda amalda bo‘lgan minimal maosh qiymatining 1500 barobaridan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.

    Qisqacha shartlar mana shulardan iborat. Mazkur hujjatning to‘liq matni bilan “regulation.gov.uz” sayti orqali tanishish mumkin. Qiziq jihati shuki, hujjat loyihasi rus tilida e’lon qilingan.

    O‘qituvchilarga shuncha imkoniyatlar yaratilmoqda. Xo‘sh, ularning maoshlari bunday kreditlarni olish uchun yetarlimi? Hisoblab chiqamiz.

    Hisoblash uchun o‘qituvchilarning 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab oladigan, ya’ni ikkinchi bor oshiriladigan maoshlarini asos qilib olamiz. Chunki bu vaqtga kelib arzon uy olish uchun imtiyozli ipoteka krediti bo‘yicha hujjat ham qabul qilib bo‘linishi mumkin.

    Demak, Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab oliy toifali o‘qituvchi barcha ustamalar bilan birga 2 million 380 ming so‘m, birinchi toifali o‘qituvchi 2 million 176 ming so‘m, ikkinchi toifali o‘qituvchi 1 million 978 ming so‘m, toifasiz o‘qituvchi 1 million 793 ming so‘m maosh oladi.

    O‘qituvchining o‘rtacha maoshini 2 million so‘m deb olamiz. Endi eng qiziq savol – o‘qituvchi o‘z maoshiga ham avtokredit, ham ipoteka krediti olishi mumkinmi?

    O‘qituvchilar odatda kamtar insonlardir. Captiva, Malibu’larni orzu ham qilishmaydi. Oddiygina Spark’ning bahosi 70 million so‘m atrofida. Uning 25 foizi 17,5 million so‘m bo‘ladi.

    Belgilangan cheklovga ko‘ra, o‘qituvchi uchun arzon uy qiymati eng kam ish haqining 1500 barobaridan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Bu bugungi kun hisobida taqriban 275 million so‘m demakdir. Uning o‘n foizi 27,5 million so‘mga teng. O‘qituvchi dastlabki badallarni (45 million so‘m) to‘lash uchun kamida 22 oy (deyarli ikki yil) hech qanday xarajat qilmay maoshini to‘plashi lozim bo‘ladi. Bu orada EKIH ham bir necha marta o‘zgarishi aniq.

    Undan keyin hatto imtiyozli davrda bu ikki kreditning faqat foizini to‘lab turish uchun o‘qituvchining 2 million so‘m maoshi arang yetadi. Chunki avtomobil uchun kreditning faqat foizi oyiga 750 ming so‘m, uy uchun kreditning faqat foizi taqriban 1 million 250 ming so‘m.

    Demak, o‘qituvchi hozircha qaysidir kreditdan voz kechishi yoki yaqinlarining ko‘magiga suyanishi kerak bo‘ladi.

    Albatta, qabul qilinayotgan hujjatlarga skeptik ko‘z bilan qarash, past baho berish yaramaydi. Chunki yaqin-yaqingacha ham o‘qituvchilar maoshlarning bu qadar oshishini, bunday imtiyozlarni orzu ham qilmagan edi. Bu ta’lim tizimi bo‘yicha islohotlarning ilk qadamlari, dastlabki bosqichidir. Qolaversa, kreditlarning milliy valyutada taqdim qilinishi, yuqori inflyatsiya sur’ati bir qator iqtisodiy ustunliklar beradi.

    Eng muhimi, bu uzoq yillardan buyon o‘z boshpanasiga va shaxsiy mashinasiga ega bo‘lmagan ustoz va murabbiylar uchun katta imkoniyatdir.

    Kelajakda O‘zbekiston o‘qituvchilari yana jamiyatning eng obro‘li, moddiy jihatdan ta’minlangan qatlamiga aylanadi, albatta.

    04.10.2018, 16:30   Izoh (0)   238357
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda Hindistonning Amiti universiteti filiali ochilishi mumkin

    04.10.2018, 16:00

    Mo‘ynoqning Uchsayi obod qishloqqa aylanmoqda

    04.10.2018, 15:45

    Samarqandlik kollej o‘quvchisi o‘zaro janjal oqibatida tanishiga jarohat yetkazdi

    04.10.2018, 15:39

    MAA va Myuller Martini kompaniyasi muzokara o‘tkazdi

    04.10.2018, 15:29

    Farg‘onadagi Latviya Axborot tizimlari menejmenti oliy maktabi filialiga 125 nafar talaba qabul qilinadi

    04.10.2018, 14:46

    Qozog‘istonda qarindoshlari 9 yildan beri izlayotgan O‘zbekiston fuqarosi topildi

    04.10.2018, 14:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron yadro obyektlaridagi ehtimoliy halokatning O‘zbekistonga ta’siri bormi?

    O‘zbekiston | 22 iyun, 10:54

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Inter” va “Fluminense”dan g‘alaba, Ramos boshchiligidagi “Monterrey” ikkinchi bahsda ham durang o‘ynadi (video)

    Sport | 22 iyun, 10:37

    AQSH Eronning uchta yadroviy obyektiga zarba berdi

    Dunyo | 22 iyun, 09:20

    O‘zbekistonda davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 09:05

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Mamelodi Sandauns” — “Borussiya Dortmund” bahsida yettita gol urildi

    Sport | 21 iyun, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.