Indoneziyaning Sumba oroli yaqinida ikkita zilzila qayd etildi, deb yozadi “RBK” AQSh Geologiya xizmatiga tayanib.
5,9 magnitudali yer osti silkinishi Toshkent vaqti bilan 4:59 da Sumba orolidan 40 km masofada yuz bergan. U yerda 750 mingga yaqin odam yashashi aytilmoqda. Undan keyingi zilzila 17 daqiqadan so‘ng kuzatildi, uning magnitudasi 6 ga teng bo‘ldi.
Izoh (0)