IShID terrorchilari Markaziy Osiyoda ichki siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.
“Afg‘onistonda IShIDning asosiy jangovar qanotini mazkur mintaqa vakillari tashkil etadi. Ular Afg‘onistonda xorijiy qo‘shinlarga qarshi kurashish uchun emas, Markaziy Osiyoda ichki siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish uchun bu yerga yuborilmoqda”, — deya ta’kidladi Kabulov.
MDH aksilterror markazi rahbari Andrey Novikov oldinroq IShID Markaziy Osiyo hududida o‘zining tayanch punktini tuzisha va “uxlab yotgan yacheykalar”ni faollashtirishga harakat qilayotganini bildirgandi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Tehronda o‘tkazilgan Afg‘onistonda vaziyatni yo‘lga solish bo‘yicha maslahatlashuvlarda mamlakatda Suriya ssenariysi qaytarilishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)