Xitoylik qizning joniga qasd qilishga urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Qutqaruvchilardan biri qo‘shni balkondan o‘tib, tayoq yordamida qizni kvartiraga kiritishga harakat qildi, biroq u yana ortiga qaytdi. Shundan so‘ng uni o‘t o‘chirish shlangi yordamida ichkariga kiritishdi.
Qiz nega to‘rtinchi qavat balkonidan pastga o‘zini tashlamoqchi bo‘lgani ma’lum qilinmadi. Unga keyinchalik tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Bungacha qizni yarim soat o‘zini pastga tashlamaslikka ko‘ndirishga urinishgandi.
Izoh (0)