28-sentabr, juma kuni ertalab Toskent shahrining Mirobod tumanidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasida “Qo‘yliq ota” bekati yaqinida 45-yo‘nalishdagi Mercedes-Benz Conecto LF avtobusi yonib ketdi, deb xabar beradi IIBB.
Avtobus 4-avtoparkka qarashli bo‘lib, “Qo‘yliq M-2 — Boshliq massivi” yo‘nalishida qatnaydi. Yong‘in haqidagi xabar 7:58 da kelib tushgan. Yong‘inga avtotransport vositasining yong‘in tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Alanga tezkorlik bilan yetib kelgan yong‘in xizmati xodimlari tomonian o‘chirildi. Yong‘in oqibatida avtobusning motor bo‘lmasi yonib ketdi. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.
Izoh (0)