• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat yuritmoqda

    O‘zA muxbiri “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Botir Zaripov bilan bugungi kunda mazkur tashkilot qanday islohot va yangiliklarni amaliyotga tatbiq etayotgani, iqtisodiyotining muhim tarmoqlari qatorida o‘z oldiga qanday maqsad va vazifalarni qo‘ygani, mahalliylashtirish va investitsiya dasturlarining qurilish materiallari sanoati istiqbolidagi o‘rni va ahamiyati haqida suhbatlashdi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Quyida mazkur suhbat to‘laligicha taqdim etiladi.

    – Botir Komilovich, tarmoqda so‘nggi yillarda qanday o‘zgarish va yangilanishlar bo‘ldi? Dastlab shu haqda to‘xtalib o‘tsangiz. 

    – Bugungi hayot talabi va odamlarimiz istaklari o‘zgarmoqda. Xalqimiz haqli ravishda yaxshi yashashga intilmoqda. Bu oddiy gap emas. Dunyodagi voqea-hodisalarni, an’analarni tahlil etib, eng maqbulini turmush tarziga qabul qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan hamqadam va hamnafas ishlashga harakat qilayapmiz. Prezidentimizning hamma narsa inson uchun, uning buguni va kelajagi uchun, degan ezgu g‘oyasi xalqimizning yashash tarzi va dunyoqarashini tubdan o‘zgartirib yubordi. Barcha fuqarolarimiz kelajakka, ertasi bugundan yaxshi bo‘lishiga astoydil intilmoqda va ishonmoqda. Buni birgina shahar va qishloqlarda amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘lami kun sayin kengayib, ommalashib borayotganidan ham anglash mumkin.

    Ijtimoiy soha obyektlari, noturar va aholi turar joylari uchun sifatli, arzon, zamonaviy qurilish materiallari zarur bo‘lmoqda. Qurilish ishlari qiymatining 55—60 foizini qurilish materiallari tashkil etishini, zamonaviy arxitektura yangi, sifatli, arzon, yengil va zilzilabardosh, innovatsion qurilish materiallarini talab etishini inobatga oladigan bo‘lsak, tarmoq taraqqiyoti ahamiyatini his qilish qiyin emas. 2017-yilga qadar tarmoqda 7995 ta korxona mavjud bo‘lgan. Ayni kunda yurtimizda 10552 ta qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yili 120 turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda ular soni 180 dan oshib ketdi.

    O‘tgan yildagi tarmoq faoliyati haqida gap ketganda, 2017-yilda mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlari tomonidan 16 trillion 756 milliard so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarilib, bu ko‘rsatgich 2016-yilga nisbatan 122,6 foizga oshganini ko‘ramiz. Sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi esa 11,6 foizni tashkil etdi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, mamlakat bo‘yicha 180 turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu turlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar, ya’ni portlandsement 2 trillion 403 milliard so‘mni, chaqiq tosh 1 trillion 395 milliard, sement, beton va sun’iy toshdan yig‘ma konstruksiyalar 1 trillion 72 milliard, alyuminiydan tayyorlangan konstruksiyalar 724 milliard, tabiiy qumlar 643 milliard, qora metallardan tayyorlangan konstruksiyalar 598 milliard, sendvich panellar 580 milliard, o‘tga chidamsiz keramik g‘ishtlar 485 milliard, yog‘och qirindisidan plitalar 391 milliard, legirlanmagan po‘latdan sovuqlayin deformatsiya qilingan ugoloklar, maxsus va shakldor profillar 355 milliard, quyish uchun tayyorlangan beton 351 milliard, plastmassadan qattiq quvurlar, trubkalar va shlanglar 342 milliard so‘mni tashkil etdi. Bular oddiy raqamlar emas, balki mamlakatimizda sohaga qaratilayotgan e’tibor va e’tirof samarasidir.

    – Joriy yilning birinchi yarim yillik yakunlari haqida to‘xtalsangiz.

    – Joriy yilda jamiyat tarkibidagi korxonalar tomonidan jami 3 trillion 800 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va o‘sish sur’atini 2017-yilga nisbatan 107 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Belgilangan reja bo‘yicha o‘tgan olti oylik natijalarga e’tibor qaratamiz. Bunda 2 trillion 271 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati 101 foizga yetkazildi. Shuningdek, bu davrda 183,3 milliard so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishi evaziga o‘sish 107,7 foizga ta’minlangani e’tiborga loyiq.

    Joriy yilning birinchi olti oyida 3693,1 ming tonna sement, 6,2 million kvadrat metr qurilish oynasi, 41,9 ming tonna quruq qurilish qorishmalari, 40,7 ming tonna qurilish gipsi, 16,7 ming tonna ohak, 29,7 million dona devorbop materiallar, 3,1 million dona shifer, 25,8 ming dona santexkeramika mahsulotlari kabi sifatli va arzon mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqarildi. Joriy yilning birinchi yarim yilligida qiymati 518 milliard so‘mlik 154 ta yangi loyiha ishga tushirildi. Natijada 1938 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi.

    Keramik plitkalar, santexkeramika mahsulotlari, keramogranit, sendvich panellar, yumshoq tomyopqich materiallari, bazalt armaturasi, suyuq gulqog‘oz, issiqlikni saqlovchi materiallarni o‘zlashtirishning yo‘lga qo‘yilishi ham sohada erishilgan yutuqlarimiz hisoblanadi.

    – Jamiyat tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tashqi bozordagi o‘rnini qanday baholaysiz?

    – Albatta, ushbu korxonalar mahsulotlariga tashqi bozorda talab ortib borayotgani – bu haqiqiy bahodir. Jamiyat tizimida eksport hajmi 2016-yilda 12,9 million dollar, 2017-yilda 23,7 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning sakkiz oyida 27 million 600 ming dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Reja bo‘yicha ko‘rsatkich 112,6 foizni tashkil etdi. Bugungi kunda jamiyat tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarilgan keramik plitkalar, santexkeramika mahsulotlari, quruq qurilish aralashmalari, pishgan g‘isht, tabiiy toshdan yasalgan qoplovchi buyumlar, ohak, polipropilen quvurlar, fitinglar singari qurilish materiallariga Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston bozorlarida talab ortib bormoqda.

    Endilikda ular qatoriga Tojikiston va Afg‘oniston ham qo‘shildi. Negaki, bu davlatlarga 2017-yildan santexkeramika buyumlari, asbest buyumlar, keramik plitkalar, qurilish oynasi va sement kabi mahsulotlar eksport qilinmoqda. Qayd etish joizki, jamiyatda qurilish materiallarining eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilmoqda. Bu jarayonda eksport qilinadigan mahsulotlar turini ko‘paytirish va ularning eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olingan.

    Shu maqsadda, Pokiston Respublikasining “Baxriya tavn” yirik kompaniyasiga ishlab chiqarilayotgan 10 dan ortiq qurilish materiallarining namunalari, Belarus Respublikasiga mamlakatimizda mavjud tabiiy pardozbop toshlar, Hindistonga yangi va zamonaviy turdagi qurilish materiali ishlab chiqarish imkoniyatini beradigan tabiiy bazalt toshi namunalari yuborildi.

    – Mamlakatimiz iqtisodiyotida investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishda barcha sohalar, ayniqsa, iqtisodiyot tarmoqlarining alohida o‘rni bor. Jamiyat tarkibidagi korxonalar faoliyatida bu jarayon qanday kechmoqda?

    – Davlatimiz rahbarining joriy yil 1-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni investorlar faoliyatiga bo‘lgan e’tibor va ularning erkin ishlashi uchun zarur qulayliklar yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Jamiyatimiz tarkibidagi korxonalarning aksariyati hamda tarmoq korxonalari faoliyati ham xorijiy sarmoyalar bilan chambarchas bog‘liq.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “2018—2019-yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan jamiyat tomonidan 2018—2019-yillarda jami loyihalar qiymati 1 milliard 165 million dollarga teng (2018-yilda 227 million dollar, 2019-yilda 566,4 million dollar va istiqbolli loyihalar bo‘yicha — 470 million dollar) 16 ta investitsiya loyihaining amalga oshirilishi belgilangan.

    Bugungi kunda investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha aniq muddat va mas’ullarni belgilagan holda “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi. Bundan tashqari, har bir loyiha bo‘yicha tarmoq jadvallari tasdiqlandi.

    Investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash maqsadida obyektlarning loyiha hujjatlari, texnik-iqtisodiy asoslari hisob-kitoblari va smeta hujjatlarini tayyorlash ishlari jadal olib borilmoqda.

    Joriy yilning 8 oyida investitsiya loyihalari bo‘yicha 18,7 million dollar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich amalda 37,1 million dollarni tashkil etdi.

    2018-yilning 9 oyi yakuni bilan jami 53,2 million dollar mablag‘ o‘zlashtirilib, belgilangan reja 132,2 foizga bajarilishi kutilmoqda.

    Yil yakuniga qadar umumiy qiymati 128,7 million dollar bo‘lgan 6 ta loyiha ishga tushirilishi ta’minlanadi, natijada Jizzax viloyatida yiliga 2,5 ming tonna bazalt armaturasi, Toshkent viloyatining “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududida yiliga 3,5 million kvadrat metr keramik plitka va 180 ming tonna metall armatura, Surxondaryo viloyatida jami 160 ming kvadrat metr tabiiy toshni qayta ishlash orqali gabbro va granit plitalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

    2019-yilda 8 ta loyiha, jumladan, Farg‘ona viloyatidagi “Kvars” aksiyadorlik jamiyati bazasida yiliga 20 million kvadrat metr qurilish oynasi, Surxondaryo viloyatida yiliga 150 ming kub metr qamishdan DSP, Samarqand, Andijon va Toshkent viloyatlarida yangi sement zavodlari hamda Navoiy viloyatidagi “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatining ikkinchi texnologik liniyasini modernizatsiya qilish hisobiga klinker ishlab chiqarish quvvatini 400 ming tonnaga ko‘paytirish kabi yirik loyihalar amalga oshiriladi.

    Mamlakatimizda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida 2018—2019-yillarda 26,2 trillion so‘mlik 712 ta, shu jumladan, 2018-yilda 927,4 million dollarlik 549 turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi. 2018-yil 1-sentabr holatiga 549 ta loyiha bo‘yicha 4 trillion 232 milliard so‘mlik mablag‘ o‘zlashtirildi.

    Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Titan sement” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 200 ming tonna sement ishlab chiqarish uchun 37,5 million dollar, Surxondaryo viloyatida “Surxon sement invest” xorijiy korxonasida 360 ming tonna sement ishlab chiqarish loyihasi uchun 46,7 million dollar, Navoiy viloyatida “Zarafshon oyna” mas’uliyati cheklangan jamiyatida yiliga 10 million kvadrat metr qurilish oynasi va 250 million dona shisha idishlar ishlab chiqarish loyihasi uchun 97 million yevro, Xorazm viloyatida New best style mas’uliyati cheklangan jamiyatida 2,1 million o‘ram gulqog‘oz va 1 million quti gulqog‘oz yelimi ishlab chiqarish loyihasi uchun 5,7 million dollar, Toshkent viloyati “Angren” erkin iqtisodiy zonasida Great Wall Ceramic qo‘shma korxonasida yiliga 3,5 million kvadrat metr keramik plitkalar va 200 ming dona sanitar keramikasi ishlab chiqarish loyihasi uchun 24,3 million dollar miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilmoqda.

    Bundan tashqari, Surxondaryo viloyatida “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 212,8 million dollarlik investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilishi hisobiga Sherobod sement zavodi qurilib, yiliga 1,5 million tonna sement va Toshkent shahrida “Pergament kvoliti eksklyuziv” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 9,5 million dollar investitsiya hisobiga 2,5 million o‘ram gulqog‘oz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

    Shuningdek, “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida Mingyuan silu industry mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxonasida yiliga 24 million kvadrat metr oyna mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 110 million dollar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 56,1 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir. 2017-yilda loyihaning birinchi bosqichida 29 million dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirilib, yiliga chetdan import qilinayotgan 4 million kvadrat metr bezakli oyna ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi va 210 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

    Bugungi kunda mamlakatimizda mavjud qamish va g‘o‘zapoya asosida DSP ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida yiliga 30 ming kub metr DSP ishlab chiqarish loyihalari ishga tushirilgan bo‘lsa, 2018—2019-yillarda Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida yana 50 ming kub metrdan, Surxondaryo viloyatida 150 ming kub metr, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida jami 50 ming kub metr DSP to‘liq mahalliy xomashyodan ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

    Ayni kunda, mahalliy xomashyodan energiya tejamkor va qurilishda ishlatishga ancha qulay devorbop gazobeton bloklari ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda. Xususan, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Xorazm va Toshkent viloyatlarida jami 1 million kub metrdan ortiq gazobeton bloklari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Gazobeton o‘zining yengilligi, tabiiy gazni 8 marta kam sarflashi, energiya tejamkorligi va eng asosiysi, unumdor tuproqning ishlatilmasligi bilan pishiq g‘ishtdan bir necha marotaba afzalligi bilan ajralib turadi.

    Albatta, xorijiy, ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishda axborotning o‘z vaqtida hamda manzilli yetkazilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, yurtimizdagi imkoniyatlar, davlat tomonidan xorijiy investorlar uchun yaratilgan yengillik va imtiyozlardan xorijiy investorlarni yetarlicha xabardor qilish investitsiyalarni ko‘paytirishga xizmat qiladi.

    – Jamiyat tomonidan mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, raqobatdosh, eksportga yo‘naltirilgan qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini va turini oshirish, shuningdek, yangi turdagi sifatli qurilish materiallariga bo‘lgan ichki talabni qondirish bo‘yicha qanday ishlar olib borilmoqda?

    – Yurtimizga Yaratganning nazari tushgan. Chunki bu zaminda hamma narsa bor. Issig‘i ham, sovug‘i ham foydali. Mamlakatimizning barcha hududlarida qurilish materiallari xomashyo zaxirasi mavjud. Bu boradagi tahlillarga ko‘ra, yurtimizda 924 ta qurilish materiallari xomashyo zaxirasi mavjud konlar aniqlangan. Bugungi kunda ularning 392 tasi, yoki 42,4 foizidan foydalanilayotganiga e’tibor beradigan bo‘lsak, mahalliy va xorijiy investorlar uchun bu sohada katta imkoniyatlar mavjudligi tasdiqlanadi. 2016—2017-yillarda mamlakat bo‘yicha 149 ta yangi kon aniqlangan, mavjud konlarning 189 tasidan foydalanishga litsenziya berilgan. Asosiy qurilish materiallaridan biri bo‘lgan sementga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam, bugungi kunda respublikada 14 ta sement ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan yiliga 9,1 million tonna mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Joriy yilda yillik quvvati 3 million 120 ming tonna bo‘lgan 8 ta, 2019-yil yakuniga qadar yillik quvvati 4 million 720 ming tonna bo‘lgan 9 ta loyiha amalga oshiriladi.

    – Tarmoqni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun investitsiyalarni, ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, ushbu sohadagi yetakchi chet el kompaniyalari bilan yuqori sifatli zamonaviy qurilish materiallarini keng turda ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish borasidagi ishlarga ham to‘xtalib o‘tsangiz.

    – Prezidentimizning Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Turkiya va Janubiy Koreya davlatlariga tashrifi doirasida 2017—2020-yillarda zamonaviy import o‘rnini bosuvchi qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida ilg‘or xorijiy kompaniyalar bilan umumiy qiymati 1459,8 million dollarlik 29 ta kelishuv imzolandi. Bunda tarmoqda 3935 ta yangi ish o‘rnini yaratish ko‘zda tutilmoqda. Shulardan 12 tasi 2018-yilda, 14 tasi 2019-yilda, 3 tasi 2020-yilda ishga tushiriladi.

    Bu borada barcha loyihalar bo‘yicha tayyorlov ishlari boshlandi. Farg‘onadagi “Kvars” aksiyadorlik jamiyatida float-oyna ishlab chiqarish, Toshkent viloyatidagi “Ran tong metall indastri” korxonasida armatura ishlab chiqarish, “Ohangaronsement” aksiyadorlik jamiyatida sement ishlab chiqarish ana shunday yirik loyihalar sirasidandir. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida import o‘rnini bosuvchi eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy qurilish materiallarini, shu jumladan, arxitekturaviy oyna (60 million kvadrat metr), sendvich panellar (750 ming kvadrat metr), gulqog‘oz (8 million kvadrat metr), granit va marmardan ishlangan buyumlar (580 ming kvadrat metr), sement (4,4 million tonna), santexkeramika buyumlari (400 ming dona) ishlab chiqaruvchi yangi quvvatlar ishga tushiriladi.

    – Mamlakatimiz qurilish materiallari sanoatining istiqboli to‘g‘risidagi fikringiz qanday?

    – Bugungi kunda tarmoqda jiddiy islohotlarni amalga oshirish talab etilmoqda. Birinchi navbatda sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va bu borada mavjud imkoniyatlarni ishga solishimizni iqtisodiy jarayonlarning o‘zi talab etmoqda. Negaki, yangi, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun yangi g‘oyalar hamda yurtimizda mavjud bo‘lmagan innovatsion texnologik uskunalar zarur bo‘lmoqda.

    Erkin iqtisodiy munosabatlar asosida faoliyat yuritayotgan ichki va tashqi bozor, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirishni talab etmoqda. Tarmoqda juda katta zaxira, salohiyat va imkoniyatlar mavjud. Ulardan professional tarzda, oqilona va samarali foydalanish sohaning kelgusidagi istiqbolini belgilab beradi.

    28.09.2018, 16:47   Izoh (0)   28416
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda oilani mustahkamlash mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi

    28.09.2018, 15:57

    Matbuot va axborot agentligida “Kontrafakt – sog‘lik, sifat va iqtisodiyot kushandasi” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi

    28.09.2018, 15:40

    MDH davlat rahbarlari ko‘p tomonlama hujjatlarni imzoladi

    28.09.2018, 15:25

    Andijonlik Robixon momo 97 yoshida ham vеlosipеd haydaydi (foto)

    28.09.2018, 14:49

    Senat yalpi majlisida Buxoro viloyati hokimi hisoboti tinglandi

    28.09.2018, 14:33

    Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi “Zafarobod” qo‘rg‘oni Navoiy viloyatining Konimex tumaniga o‘tkazildi

    28.09.2018, 14:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda 227 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot halokatga uchrashiga sal qoldi (video)

    Dunyo | 23 may, 10:24

    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)

    Reklama | 23 may, 10:30

    Angrenda 4 nafar o‘quvchi bitiruv kechasi uchun o‘g‘rilik qildi

    O‘zbekiston | 23 may, 10:14

    “Real” Modrichga o‘rinbosar topdi

    Sport | 23 may, 09:55

    Qashqadaryoda “jihodchilar” oqimining 8 nafar a’zosi turli muddatlarga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 may, 09:47

    Kinotavsiya: sevgi o‘limdan ham qudratli tuyg‘u ekanini isbotlovchi koreys doramalari

    Kino | 23 may, 09:20

    O‘zbekistonda shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligi: bugungi holati va kelajak istiqbollari

    O‘zbekiston | 23 may, 09:00

    Putin Lavrovni eng oliy orden bilan taqdirladi

    Dunyo | 23 may, 09:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.