Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18—19-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Tashrif doirasida birinchi hududlararo Rossiya—O‘zbekiston forumi bo‘lib o‘tadi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya O‘zbekistonning yirik savdo hamkori hisoblanadi. Birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha, uning mamlakat tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 16 foizga to‘g‘ri keldi.
Ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi, O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2,5 milliard dollarni (eksport — 811 million, import — 1,7 milliard dollar) tashkil etdi.
Izoh (0)