Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati Kichik halqa yo‘lida, Istirohat va Beshqayrog‘och ko‘chalari kesishmasida yo‘lning kengaytirilishi bilan bog‘liq ko‘plab savollar kelib tushayotganini bildirdi.
So‘rov qatnashchilarining ko‘pchiligi yo‘l kengaytirilishini ma’qullagani uchun mas’ul idoralar tomonidan mazkur hududda yo‘l harakatini optimallashtirish yuzasidan ishlarni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Bu yerdagi kesilgan daraxtlar o‘rniga ikki barobar ko‘p ko‘chat ekilishi bildirilmoqda.
Izoh (0)