Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali qancha miqdorda qarz berilayotganida qarz shartnomasi rasmiylashtirilishi zarurligi haqida ma’lumot berdi.
Agar kimgadir eng kam ish haqining o‘n baravaridan ortiq summada (1 million 843 ming so‘m) qarz berayotgan bo‘lsangiz, bunda qarz berishni yozma ravishda (masalan, tilxat) rasmiylashtirishingiz shart.
Qarz shartnomasini yozma ravishda rasmiylashtirmaslik, qarz qaytarilmaganda qarzni sud orqali talab qilib olishda jiddiy huquqiy muammolarni keltirib chiqaradi.
Izoh (0)