• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jurnalistlarning Farg‘onadagi anjumani: O‘zbekistonda gazeta-jurnallar yashab qolmasa, ayb o‘zimizda bo‘ladi

    Ijtimoiy tarmoqlar, internet rivojlangan bir paytda bosma nashrlar qanday yashab qoladi? Shu paytgacha obuna hisobidan kun ko‘rib kelgan gazeta-jurnallar yopiladimi? “Matbuot tarqatuvchi” va pochta obuna pulini tahririyatlarga o‘tkazib berishni nega paysalga solmoqda? Farg‘onada o‘tkazilgan “Axborot maydonida bosma nashrlar, elektron OAV va ijtimoiy tarmoqlar mutanosibligi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada shu kabi muammolar yuzasidan fikr almashildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    —Axborot texnologiyalari taraqqiy etgan Yaponiya, Janubiy Koreyada adadi juda katta bo‘lgan nashrlar bor. Bizning nashrlarimiz ham zamon talablariga moslashishi zarur. Mavzu tanlashga yangicha yondashishimiz, yozish uslubimizni o‘zgartirishimiz kerak. Ayniqsa, bosma nashrlarda chuqur tahlilga asoslangan maqolalar salmog‘ini ko‘paytirish kun tartibidagi muhim masala, – deydi “O‘zbekiston ovozi” gazetasi bosh muharriri Safar Ostonov.

    Konferensiyada jurnalistlar malakasini oshirish, tanqidiy va tahliliy maqolalar tayyorlash, mavzu tanlash, dizayn va sahifalash, internet hamda ijtimoiy tarmoqlar rivoji xususida so‘z yuritildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Yaqinda Janubiy koreyalik taniqli aktrisa, o‘zbekistonliklarga “Saroy javohiri” serialidagi Tangem roli bilan tanilgan Li Yong E bilan “Olam aro” jurnali uchun intervyu uyushtirmoqchi bo‘ldik. Shu vaziyatda nima qilish kerak edi? Koreyaga muxbir jo‘natish anchagina mablag‘, mehnat va vaqt talab qiladi. Biz boshqacha yo‘l tutdik – elchixona orqali aktrisaning elektron manzilini olib, unga koreys tilida xat yubordik. Tez orada Li Yong Edan javob keldi va biz undan onlayn tarzda intervyu oldik. Ish jarayonida har kuni duch kelishimiz mumkin bo‘lgan bu kabi vaziyatlar bugun axborot maydonida yashab qolishni istagan har qanday OAV zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishi kerakligini bildiradi, – deydi Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi Muhammadjon Obidov.

    Hududiy nashrlarni qiynayotgan muammolardan yana biri — oliy ma’lumotli va malakali jurnalistlarning yetishmasligi. Bugungi kunda tahririyatlarda mehnat qilayotganlarning asosiy qismi pensiya yoshidagi yoki boshqa soha mutaxassislaridir. Yosh, yangicha fikrlaydigan va an’anaviy qoliplardan holi maqolalar yozadigan kadrlarga ehtiyoj yuqori.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Agar gazetalar yashab qolmasa, ayb o‘zimizda bo‘ladi. O‘zimizni aravamizni o‘zimiz tortishimiz kerak. Albatta, gazetalarda chuqur tahlillarga asoslangan materiallar salmog‘ini ko‘paytirish, kadrlar salohiyatini oshirish lozim. Afsuski, oramizda “yozaman” degan jurnalistlar juda kam, – deydi “Ishonch” gazetasi bosh muharriri Husan Ermatov.

    Bosma nashrlar faoliyatini yaxshilash uchun pochta xizmati va matbuot tarqatish tizimini jiddiy isloh qilish kerak. Bu sohada xizmat ko‘rsatish sifati past va narxi juda yuqori.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Matbuot nashrlarini tarqatuvchi tashkilotlar faoliyati talabga javob bermaydi. Gazetamiz ba’zida bir oyda ham obunachiga yetib bormayapti. Gazetani vaqtida olmagan o‘quvchi yana qaytib shu nashrga obuna bo‘ladimi? Yo‘q, albatta. Bundan tashqari, tarqatuvchi tashkilotlar obuna pullarini o‘z vaqtida tahririyat hisob raqamiga o‘tkazib bermaydi, – deydi “Ferganskaya pravda” gazetasi bosh muharriri Gulbahor Saidg‘aniyeva.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — “Hurriyat” gazetasida bosh muharrir sifatida ish boshlagan kunlarim O‘zA muxbiri savol berdi: “Siz gazetada, axborot agentligida ishlagansiz. Nima deb o‘ylaysiz, endi matbuot o‘ladimi?” Men unga shunday javob qaytardim: “Shoshilmanglar, matbuot hali uzoq yashaydi! Chunki axborot maydonida matbuotning o‘z o‘rni bor. Yangicha sharoitlarga moslashish, o‘quvchiga kerakli va qiziqarli mavzularni professional tarzda yoritishi kerak, – deydi “Hurriyat” gazetasi bosh muharriri Qulmon Ochil.

    Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekistondagi yetakchi ommaviy axborot vositalari rahbarlari, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida faoliyat yuritayotgan bosma va elektron OAV vakillari ishtirok etdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Konferensiya ishtirokchilari Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijodkorlar bog‘ida bo‘ldi. Shoirning memorial muzeyida Erkin Vohidov hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi muhim manbalar bilan tanishdi. Quvasoy shahridagi “Vodiy tulporlari” naslchilik majmuasida amalga oshirilayotgan ishlar ham tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

    25.09.2018, 11:45   Izoh (0)   13370
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston o‘qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlashda Rossiya bilan hamkorlik qiladi

    25.09.2018, 11:30

    Nozimjon Mo‘minov “Yoshlar” teleradiokanaliga vaqtincha direktor bo‘ldi

    25.09.2018, 11:15

    Qozog‘iston donni qayta ishlovchilar ittifoqi raisi O‘zbekiston yopilib olib, o‘z tegirmon sanoati tarmog‘ini yaratgani haqida gapirib berdi

    25.09.2018, 11:05

    “O‘zdonmahsulot” qolipli non narxining oshishi va uning tez buzilishi sabablarini ma’lum qildi

    25.09.2018, 10:55

    Ustoz va murabbiylar bayrami kuni munosabati bilan ekohaftalik o‘tkaziladi

    25.09.2018, 10:15

    Buxoroning Qorako‘l tumanida gaz koni topildi

    25.09.2018, 09:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    ”Fransiya prezidenti o‘ziga tobut tayyorlab qo‘ygani ma’qul” — isroillik ravvin

    Dunyo | 10 avgust, 18:55

    Saudiya Arabistoni “Hizbulloh” omborini ko‘zdan kechirish vaqti portlab ketgan Livan harbiylariga hamdardlik bildirdi

    Dunyo | 10 avgust, 18:40

    Xitoy amaldorlar uchun yig‘ilish va hisobotlarga qat’iy cheklov kiritdi

    Dunyo | 10 avgust, 18:15

    Zelenskiy Qozog‘iston prezidentiga qo‘ng‘iroq qildi

    Dunyo | 10 avgust, 17:45

    Toshkentda qurilish ishlari elektr energiyaga talabni oldindan inobatga olib amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 17:10

    Sanksiyalar Rossiya aviatsiyasini falajladi: bir yilda faqat bitta samolyot ishlab chiqarilgan

    Dunyo | 10 avgust, 16:40

    “Tog‘lik kuyov” filmi orqali tanilgan aktor va kaskadyor Yo‘lchi Ortiqov 51 yoshida vafot etdi

    Madaniyat | 10 avgust, 16:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.