Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning matbuot xizmati uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbati haqida xabar berdi, deb yozadi “MK.ru”. Muloqot Moskva Suriyaga S-300 majmuasini yetkazib berish rejasini ma’lum qilganidan keyin bo‘lib o‘tdi.
Netanyaxu Putinga zamonaviy qurol-yarog‘larning mas’uliyatsiz qo‘llarga berilishi mintaqadagi xavflarni kuchaytirishini aytdi.
“Isroil o‘z xavfsizligini himoya qilishda davom etadi”, — dedi u muloqot chog‘ida. Nashr taxmin qilishicha, Isroil bosh vaziri Suriyadagi Eron foydalanishi mumkin bo‘lgan obyektlarga zarbalar berishni nazarda tutgan.
Bundan tashqari, Netanyaxu Rossiyaning Il-20 samolyoti halokati bo‘yicha Isroil versiyasiga ishonishda davom etishini aytib, isroillik uchuvchilarning aybdorligini rad etdi, hodisada esa Suriya va Eronni aybladi.
“Isroil va Rossiya Il-20 bilan bog‘liq voqeadan keyin ekspertlar muloqotini va harbiylar koordinatsiyasini davom ettiradi”, — deya ma’lum qilindi telefon suhbati chog‘ida.
Izoh (0)