Kecha, 23-sentabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasi ikkinchi bosqichining 24-turi doirasida chempionlik uchun kurashayotgan “Lokomotiv” va “Bunyodkor” Toshkentda o‘zaro kurash olib bordi.
O‘yinda “Loko” “qaldirg‘ochlar”ni 2:1 hisobida taslim etib, musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Uchrashuv yakuniga yetgach stadiondagi muxlislar qiziq bir holatning guvohiga aylanishdi. “Lokomotiv” klubining serbiyalik legioner futbolchisi Igor Yelich o‘yin yakunlanishi bilan yashil maydonning o‘zida qallig‘idan turmushgan chiqishini so‘radi. Qiz esa sevinchdan ko‘zlariga yosh olib, ko‘plab muxlislar guvohligida Igorning taklifiga rozilik bildirdi.
Izoh (0)