Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on siyosatiga qarshi bo‘lgan yuzlab odam 22-sentabr, shanba kuni Germaniya shaharlariga chiqdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Namoyishga chiqqanlar Turkiya yetakchisining 28—29-sentabr kunlari GFRga rasmiy tashrifiga qarshilik bildirmoqda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Berlinda namoyishlarda bir necha yuz kishi, Bilefeld va Essenda yuzga yaqin odam ishtirok etgan. Shu kabi tadbirlar Gamburg, Frankurt-na-Mayn, Gannover va Shtutgartda ham bo‘lib o‘tgan. Erdo‘g‘onning uni tanqid qilganlar: jurnalistlar, olimlar va boshqa muxolifatchilarga qarshi qaratilgan rejimi namoyishchilarda norozilik uyg‘otmoqda. Ular Turkiyada qamoqqa olingan.
Bundan tashqari, namoyishga chiqqanlar Suriyaning Afrin shahridagi inson huquqlari buzilishlari haqida eslatib o‘tgan.
Izoh (0)